Get Mystery Box with random crypto!

O'zLiDeP yoshlari | УзЛиДеП молодежь | UzLiDeP youth

Telegram kanalining logotibi uzlidep_yoshlari — O'zLiDeP yoshlari | УзЛиДеП молодежь | UzLiDeP youth O
Telegram kanalining logotibi uzlidep_yoshlari — O'zLiDeP yoshlari | УзЛиДеП молодежь | UzLiDeP youth
Kanal manzili: @uzlidep_yoshlari
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 5.12K
Kanalning ta’rifi

Yoshlar masalasida murojaat uchun
• @uzlidepyoshlari_bot
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar
• instagram.com/uzlidep.yoshlari
• fb.com/uzlidep.yoshlari
Partiyaga onlayn a'zo bo'lish
• https://member.uzlidep.uz

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2023-03-13 08:57:57
#Bilasizmi

Xorijdagi nufuzli OTMda o‘qiyotgan, yetakchi kompaniyalarda ishlayotgan O‘zbekiston yoshlari (yosh vatandoshlar)ga vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda ishlashi uchun shart-sharoit yaratish maqsadida:

yosh vatandoshlar faoliyati davomida xizmat turar joylari bilan ta’minlanadi;

davlat organlari va tashkilotlarida kamida 2 yil ishlagan yosh vatandoshlarga uy-joy uchun ipoteka kreditining dastlabki badali va foizlarning bir qismini qoplashga subsidiya berilishi belgilangan!

@uzlidep_yoshlari
174 views05:57
Ochish/sharhlash
2023-03-11 19:22:54
O'zLiDePда ёш олимлар лигаси фаолияти йўлга қўйилди

Батафсил

Президентимизнинг “2022 — 2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегиясини “Инсонга эътибор ва сифатли таълим йили”да амалга оширишга оид давлат дастури тўғрисида” Фармони асосида қабул қилинган Давлат дастурига ёш олимларни янада қўллаб-қувватлаш, уларни илмий изланишлари самарадорлигини оширишга алоҳида аҳамият қаратилган.

#uzlidep #yoshlar

O'zLiDeP расмий канали
7 views16:22
Ochish/sharhlash
2023-03-10 23:03:05
O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo'mitasi qoshida Yosh olimlar ligasi faoliyati yo'lga qo'yildi

Ilk sonida "Ilmiy maqola yozish" mavzusi doirasida talabalarga mutaxassislar tomonidan ma'lumotlar berildi

@Uzlidep_yoshlari
565 viewsedited  20:03
Ochish/sharhlash
2023-03-10 13:17:09 Tillarni qanday oʻrganish kerak?

Til o‘rganish jarayonida koʻpchilik takrorlaydigan xatolar bor. Afsuski, bu xatolar sabab koʻplar til oʻrganishni yarim yoʻlda tashlab ketadi.

Endi sizda bu xatolarni takrorlamaslik imkoni bor! Yangi tillarni oʻrganish jarayonida sizga juda asqotadigan 5 qoidani taqdim etamiz:

"Oʻrganish qiyin, qoʻlingdan kelmaydi" deydigan odamlarni tinglamang;

oʻrganayotgan tilingizni hayotingizning qolgan qismidan ajratib qoʻymang;

oʻzingizni sizdan ancha oldin boshlagan oʻquvchilar bilan solishtirmang;

gapirishni (speaking) boshlash uchun juda uzoq kutmang;

xato qilishdan qoʻrqmang!

Xabarni til oʻrganayotgan va endi oʻrganmoqchi boʻlgan yaqinlaringizga yuborish esdan chiqmasin

P. S. Siz yana qanday xatolarni bilasiz? Izohlarda yozib qoldiring.

@UzLiDeP_yoshlari
443 views10:17
Ochish/sharhlash
2023-03-10 10:41:19 #Конституция #Бир_йиллик_муҳокамалар #Референдум

Тарихий йиғилиш якунига етди.

Депутатлар бугун 3 та муҳим қарорни қабул қилишди:

1. “Ўзбекистон Республикаси Конституцияси тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Конституциявий қонуни лойиҳаси маъқулланди.

2. Референдумни 2023 йил 30 апрель - якшанба куни ўтказиш белгиланди.

3. Лойиҳанинг амалдаги Конституцияга мувофиқлигини аниқлаш учун Конституциявий судга юборилди.

P.S. Конституция қабул қилинган кун анъанавий 8 декабрлигича қолади.

Спикер ўринбосари
Одилжон Тожиев
36 views07:41
Ochish/sharhlash
2023-03-10 09:32:10
Aziz yoshlar!

2023-yil 10-mart kuni soat 16:30da OʻzLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo'mitasi binosida “Yosh olimlar ligasi” loyihasiga start beriladi.

Ushbu loyihada jamiyatimizning faol ilmiy faoliyatga ega yoshlar hamda endilikda ilmiy faoliyat boshlagan yoshlarga oʻquv-seminar tashkil qilinadi.

Mamlakatning ilmiy salohiyatini oshirish bizning qoʻlimizda!

Manzil

@UzLiDeP_yoshlari
7.8K views06:32
Ochish/sharhlash
2023-03-10 09:16:46
Davlat dasturi - yoshlar nigohida

O‘zLiDeP Jizzax viloyati kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan Davlat dasturi mazmun va mohiyatiga bag'ishlangan targ'ibot uchrashuvi tashkil etildi.

Batafsil https://uzlidep.uz/news-of-party/14076

@uzlidep_yoshlari
430 views06:16
Ochish/sharhlash
2023-03-09 20:19:52
#Konstitutsiyaviy_islohotlar

Yangiliklar 24 | Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi

KANALGA ULANISH
52 views17:19
Ochish/sharhlash
2023-03-09 10:46:32
Talabalar kontraktini to‘laganda daromad solig‘idan ozod bo‘ladimi?

Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga binoan, professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish (o‘zining yoki 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining yoxud erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun yo‘naltiriladigan soliq solinishi lozim bo‘lgan ish haqi va boshqa daromadlariga soliq solinmaydi.

Quyidagi 3 toifaning kontrakti uchun to‘langan mablag‘lardan daromad solig‘i ushlanmaydi:
fuqaro o‘zining kontraktiga o‘tkazsa;
ota-onalar 26 yoshga to‘lmagan farzandining kontraktiga o‘tkazsa;
er yoki xotin 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ining kontraktiga o‘tkazsa.

Bu imtiyoz quyidagi ta’lim muassasalariga qo‘llanadi:
professional ta’lim (kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar) o‘quvchilariga;
oliy ta’lim talabalariga.

To‘lov ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin.

@uzlidep_yoshlari
471 viewsedited  07:46
Ochish/sharhlash