Get Mystery Box with random crypto!

O'zLiDeP yoshlari | УзЛиДеП молодежь | UzLiDeP youth

Telegram kanalining logotibi uzlidep_yoshlari — O'zLiDeP yoshlari | УзЛиДеП молодежь | UzLiDeP youth O
Telegram kanalining logotibi uzlidep_yoshlari — O'zLiDeP yoshlari | УзЛиДеП молодежь | UzLiDeP youth
Kanal manzili: @uzlidep_yoshlari
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 5.12K
Kanalning ta’rifi

Yoshlar masalasida murojaat uchun
• @uzlidepyoshlari_bot
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar
• instagram.com/uzlidep.yoshlari
• fb.com/uzlidep.yoshlari
Partiyaga onlayn a'zo bo'lish
• https://member.uzlidep.uz

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-04-03 19:03:15 https://uzlidep.uz/news-of-party/14175
19 views16:03
Ochish/sharhlash
2023-04-03 09:48:08
O'zLiDePдан Олий Мажлис Қонунчилик палатаси ҳузуридаги Ёшлар парламентига сайланган номзодлар рўйхати

#uzlidep #yoshlarparlamenti

O'zLiDeP расмий канали
31 views06:48
Ochish/sharhlash
2023-04-02 11:34:36
Янгиланаётган Конституция – менинг тақдиримда

https://uzlidep.uz/news-of-party/14172

O'zLiDeP Сиёсий Кенгаши Ижроия қўмитасида “Янгиланаётган Конституция – менинг тақдиримда” мавзусида референдум ташвиқотига бағишланган учрашув ва ўқув семинар бўлиб ўтди.

Учрашувга сўзга чиққан депутат Н.Жумаев янги Конституцияда камбағалликни қисқартириш, бандликни таъминлаш, ишсизликдан ҳимоя қилиш бўйича давлат ўзига қатор янги мажбуриятлар олиши, умуман давлатнинг ижтимоий мажбуриятларига доир нормалар уч баробарга ошаётганлигини таъкидлаб ўтди.

Э.Захидов эса Олий таълим ташкилотларига академик эркинлик берилиши, танлов асосида давлат ҳисобидан бепул олий маълумот олиниши, нодавлат таълим ташкилотлари қўллаб-қувватланиши тўғрисидаги қоидалар ёш авлод ҳаётини яхшилаш, уларнинг орзу-интилишларини рўёбга чиқариш, замонавий мутахассисликларни эгаллаган ҳолда ҳаётда ўз ўрнини топиши ва шахсий ривожланиши учун имконият яратилаётганлигини таъкидлади.

#uzlidep #konstitutsiya #referendum

O'zLiDeP расмий канали
56 views08:34
Ochish/sharhlash
2023-04-01 11:46:37
Yangilanayotgan Konstitutsiyaning 79-moddasi: “Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini taʼminlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini ragʼbatlantiradi.
Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning taʼlim olishga, sogʼligʼini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga boʼlgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi”

Yangilanayotgan konstitutsiya mamlakatimiz va jamiyatimizning kelgusi taqdiri uchun muhim hisoblanadi.

Otabek Tursunboyev
O'zLiDeP Siyosiy Kengash qoshidagi
"Yoshlar qanoti" a'zosi

@uzlidep_yoshlari
514 viewsedited  08:46
Ochish/sharhlash
2023-03-31 21:55:15
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O'zbekiston liberal demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi jamoasi va ko'p ming sonli elektorati nomidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga saylangan yangi nomzodlarni tabriklaymiz!

Yurtimizda yoshlar bilan ishlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini ta’minlash, qonun ijodkorligi faoliyatiga yoshlarni keng jalb qilish, qonunlarda yoshlar manfaatlarini aks ettirish kabi ustuvor yo‘nalishlarning ijrosini ta`minlashda muvaffaqiyatlar tilaymiz!

#uzlidep #yoshlarparlamenti #yangitarkib

@uzlidep_yoshlari
3.0K viewsedited  18:55
Ochish/sharhlash
2023-03-31 17:18:42
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga saylangan nomzodlarni tabriklaymiz! Yurtimizda yoshlar bilan ishlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini ta’minlash, qonun ijodkorligi faoliyatiga yoshlarni keng jalb qilish, qonunlarda yoshlar manfaatlarini aks ettirish kabi ustuvor yo‘nalishlarning ijrosini ta`minlashda muvaffaqiyatlar tilaymiz!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga saylangan nomzodlar

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
43 views14:18
Ochish/sharhlash
2023-03-31 16:07:47
O'zLiDeP Siyosiy Kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Yosh olimlar Ligasi"ning navbatdagi sonida "Nomdor stipendiyalarga hujjat tayyorlashda ilmiy maqolalarning ahamiyati" mavzusiga bag'ishlandi

Uchrashuvda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 4-bosqich talabasi, Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori A.O'tkirov tomonidan ma'lumotlar va tavsiyalar
berildi

#uzlidep #yosholimlarligasi

@uzlidep_yoshlari
374 viewsedited  13:07
Ochish/sharhlash
2023-03-31 14:56:01
Bosh qomusimiz Konstitusiyaning yangilanishi bo‘yicha o‘tkaziladigan Referendumga bag‘ishlangan tashviqot uchrashuvi “Fargʻonaazot” aksiyadorlik jamiyatida bo‘lib o‘tdi.

Noan’anaviy tarzdagi uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoshidagi Yoshlar parlamentiga O'zLiDeP 73-Sayxun saylov okrugidan saylangan a'zosi Sh.Qoʻchqarov tomonidan kiritilayotgan yangi moddalar, ularning mazmun-mohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, korxona yoshlariga batafsil tushintirildi.

Tashviqot uchrashuvida jamiyatning 200 nafar yosh ishchi xodimlari qamrab olindi.

#uzlidep #yoshlar #referendum

@uzlidep_yoshlari
9.7K views11:56
Ochish/sharhlash
2023-03-31 10:39:29
Yangilanayotgan Konstitutsiya - mening taqdirimda!

#befarqemasman #uzlidep #yoshlar

@uzlidep_yoshlari
934 viewsedited  07:39
Ochish/sharhlash
2023-03-31 09:55:32
Habaringiz bor, O'zLiDeP Siyosiy Kengashi tashabbusi bilan ilmiy izlanishga qiziqqan, ilmiy salohiyatni oshirishni hohlovchi yoshlar uchun loyiha tashkil etilgan "Yosh olimlar Ligasi"

mazkur loyiha doirasida ilmiy ishlarni jahon standartlariga moslashtirish, IMRAD qoidalari asosida maqolalar yozish, ilmiy va tezislarni farqi kabi yo'nalish hamda mavzularni o'ziga qamrab olgandir

loyiha doirasidagi har bir seminarlar malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshirilib kelinmoqda

loyihaga qiziquvchi yoshlar har haftaning juma kuni soat 17.00da bo'lib o'tadigan navbatdagi uchrashuvga taklif etamiz

Manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko'chasi 78a-uy

O'zLiDeP - ilmli yoshlarni doim qo'llab-quvvatlaydi!

#uzlidep #yosholimlarligasi

@uzlidep_yoshlari
685 viewsedited  06:55
Ochish/sharhlash