Get Mystery Box with random crypto!

Qoraqalpog’istondagi maktablarga kompyuter jamlanmalari va sma | Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Qoraqalpog’istondagi maktablarga kompyuter jamlanmalari va smart doskalar yetkazib berildi

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta‘lim vazirligi va Janubiy Koreyaning “Hyundai Rotem” kompaniyasi bilan tomonlama grant shartnomasi imzolangan edi.

Ushbu shartnoma doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri, Chimboy, Amudaryo, Xo’jayli, Taxiatosh, Ellikqal’a, Qo’ng‘irot tumanlaridagi jami 10 ta umumta‘lim maktablari 50 dona kompyuter va 20 dona elektron smart doska bilan ta‘minlandi.

Kuni kecha ushbu jamlanmalari mas’ullar tomonidan qabul qilib olindi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Qoraqalpog’iston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin