Get Mystery Box with random crypto!

Fransuz tili o‘qituvchilari uchun xalqaro tanlov O‘zbekiston | Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Fransuz tili o‘qituvchilari uchun xalqaro tanlov

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Fransiya elchixonasi bilan hamkorlikda umumta’lim maktablarining yosh fransuz tili o‘qituvchilari uchun xorijiy til assistentlari loyihasini e’lon qiladi.

Ilk bor tashkil etilayotgan mazkur loyihadan maqsad, Fransiya maktab o‘quvchilariga o‘zbek madaniyatini (tarixi, tili, urf-odatlarini) tanishtirishdan iborat.

Nomzodlar:

30 yoshdan oshmagan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablarning fransuz tili o‘qituvchisi bo‘lishi;

fransuz tilidan kamida DELF B2 darajadagi til bilish sertifikatiga ega bo‘lishi;

o‘zbek madaniyatini (tarixi, tili, urf-odatlarini) yaxshi hamda rus tilini mukammal (ona tili darajasida) bilishi talab etiladi.

Shartnoma muddati: 2024-yil 1-oktabrdan 2025-yil 30-aprelga qadar.

Ish vaqti: haftasiga 12 soat.

Ish haqi: qabul qiluvchi ta’lim muassasasi tomonidan to‘lanadi.

Ishga ruxsatnoma va viza masalalari Fransiya elchixonasi tomonidan qoplanadi.

Taklif etilgan lavozimlar soni: 2 ta

Saralash jarayonlari Fransiya elchixonasi mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.

Arizalar joriy yilning
22-iyuniga qadar qabul qilinadi.


Nomzodlardan ma'lumotlarni fl@uzedu.uz manzili orqali jo'natishlari talab etiladi.