Get Mystery Box with random crypto!

#Эълон “Raqamli maktab” hamda “Raqamli o‘qituvchi” tanlovi: | Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Эълон

“Raqamli maktab” hamda “Raqamli o‘qituvchi” tanlovi: iqtidoringizni biz bilan birga sinab ko‘ring!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan eMaktab raqamli ta’lim platformasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda ilk bora “Raqamli maktab” va “Raqamli o‘qituvchi” tanlovi tashkil etilmoqda.

Unda yurtimizdagi barcha maktablar va ustozlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etishni istagan ustozlar va ta'lim muassasalari eMaktab portalidagi profili orqali smart tizimga kirishlari lozim.

Bunda pedagoglar va maktablarning 2023-2024-o‘quv yili 4-choragidagi faoliyati baholanadi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, har bir viloyatdan bittadan maktab va har bir raqamli maktabdan bittadan o‘qituvchi tanlab olinadi.

Tanlov natijalari 2024-yilning iyun oyida e’lon qilinishi rejalashtirilgan.

Tanlov shartlari haqida batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1595

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin