Get Mystery Box with random crypto!

#Эътироф #Attestatsiya Ayni kunlarda Respublikamiz bo‘ylab | Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Эътироф
#Attestatsiya

Ayni kunlarda Respublikamiz bo‘ylab malaka toifasi uchun test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.

Jarayonlarda ishtirok etayotgan pedagoglardan savollar bilan bir qatorda e'tiroflar ham kelib tushmoqda.

Quyida #эътироф rukni ostida ustozlar fikrini taqdim etib boramiz:
____________________
Akmal Mamadaliyev,
Namangan viloyati, Namangan shahar 8-umumta’lim maktabi matematika fani o‘qituvchisi:


Men 26-aprel kuni oliy toifa uchun attestatsiya test sinovini topshirdim. Sinovgacha o‘z ustimda qattiq ishladim. Testga kirganimda guruh nazoratchilarining muomalasidan juda xursand bo‘ldim. Bu menga psixologik ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Savollar masalasiga kelsak, o‘z ustida ishlagan pedagog qiynalmaydi. Jarayon ham juda yaxshi tashkil etilgan. Testni muvaffaqiyatli topshirdim va 88 ball bilan oliy toifaga o‘tdim.

Malaka toifasi uchun test topshirayotgan barcha pedagoglarga omad tilayman!
______________

Nilufar Umarova,
Farg'ona viloyati, Quva tumani 65-maktab Tasviriy san'at va chizmachilik fani o‘qituvchisi:


4-may kuni attestatsiya jarayonlarida ishtirok etdim. Jarayonlar shaffof tashkil etilgan.

Savollar esa chindan ham juda yaxshi tuzilgan. Ular pedagogni oz ustida ishlashga, o‘ylashga chorlaydi.

Test sinovi yakunida yuqori ball bilan 2-toifaga o‘tdim.
_____________

Siz ham jarayonlar haqida taassasurotlaringiz va savollaringizni https://t.me/uzedu_vazirbot manziliga yo‘llang!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin