Get Mystery Box with random crypto!

#Samarqand Hilola Umarova: “Ta’lim sifatini oshirishga har bi | Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Samarqand

Hilola Umarova: “Ta’lim sifatini oshirishga har birimiz mas’ulmiz”


Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xodimlari hamda tuman,shahar bo‘limlari boshliqlari bilan uchrashdi.

Tanqidiy-tahliliy tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishda vazir ta’lim sifatini oshirish, sohada halol va vijdonan ishlash har bir ishchi-xodimning burchi ekanligini ta’kidladi.

Bu borada tizimda ishlayotgan rahbar xodimlarning zimmalarida ulkan mas’uliyat borligini qayd etib, zarur topshiriq va vazifalar berdi.

Shuningdek, Hilola Umarova yangi ochilgan Bilimlarni baholash markazida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi hovlisida yaratilgan EKO hududga ijobiy baho berdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin