Get Mystery Box with random crypto!

#Olimpiada #таълим_саёҳати Koreys tili olimpiadasi gʻoliblari | Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Olimpiada
#таълим_саёҳати

Koreys tili olimpiadasi gʻoliblari taʼlim sayohatiga yuborildi

Avval xabar qilinganidek, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Janubiy Koreyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi hamda Koreya taʼlim markazi bilan hamkorlikda joriy yilning 20-yanvar kuni ilk bora Koreys tili olimpiadasi tashkil etilgan edi.

Bugun mazkur olimpiadaning 1 — 5-oʻrinlarini egallagan quyidagi oʻquvchilar Janubiy Koreyaga taʼlim sayohatiga joʻnab ketdi:

Oybekova Robiyaxon Andijon viloyati, Shahrihon tumanidagi 1-maktab oʻquvchisi;
Subhanov Ahmadullo Buxoro viloyati, Buxoro shahridagi 42-maktab oʻquvchisi;
Kim ArturToshkent shahridagi MATES nodavlat taʼlim muassasasi oʻquvchisi;
Noʻmonxoʻjayev Muhammad Namangan shahridagi 34-maktab oʻquvchisi;
Razmatova DianaToshkent shahridagi 35-maktab oʻquvchisi.

Joriy yilning 13 — 21-aprel kunlari ushbu oʻquvchilar ishtirokida Janubiy Koreya Respublikasida turli taʼlim va sayohat dasturlari tashkil etiladi. Taʼlim sayohatining barcha xarajatlari Koreya taʼlim markazi tomonidan qoplanadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin