Get Mystery Box with random crypto!

Germaniyada xalqaro simpozium o'tkazildi Maktabgacha va mak | Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Germaniyada xalqaro simpozium o'tkazildi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va “Yangi O‘zbekiston” universiteti tomonidan Germaniyaning Myunxen texnika universitetida “Chegaralarsiz: Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida ta’lim, fan va sanoat bo‘yicha hamkorlikning yangi bosqichi imkoniyatlari” mavzusida xalqaro simpozium bo’lib o’tdi.

Simpoziumni Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ochib berdi.

Unda yurtimizdan Energetika vazirligi, “O‘zavtosanoat” AJ, “Uzbekistan airways” AJ, “O‘zmetkombinatAJ, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, “Olmaliq KMKAJ, “Navoiy KMK” AJO‘zcharmsanoatAJ, “O‘zkimyosanoatAJ va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi vakillari ham ishtirok etishdi.

Tadbirda Germaniyaning ilg'or universitetlari va Siemens, Knorr-bremse, Airbus, Deloitte, IT4IPM, Linde kabi nufuzli nemis sanoat kompaniyalari ham qatnashdi.

Simpozium davomida mamlakatimizda ta'lim, ilm-fan va sanoat o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusida Germaniyaning bu boradagi ilg‘or tajribasi asosida yaxlit tizim yaratish maqsad qilingan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin