Get Mystery Box with random crypto!

#Vazir_va_yoshlar_uchrashuvi Vazir Hilola Umarova bektemirlik | Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Vazir_va_yoshlar_uchrashuvi

Vazir Hilola Umarova bektemirlik yoshlar muammolarini tingladi


Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova va yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Unda yoshlar o‘z taklif va mulohazalarini bildirishdi. Shuningdek, vazir har bir yoshning muammolarini individual tinglab, bu bo‘yicha mas'ullarga topshiriq berdi.

Ochiq muloqot davomida xususan, biznes va axborot texnologiyalari sohalarini chuqurroq o‘rganish, tikuv sexi ochishga ko‘maklashish va o'z loyihalarini amaliyotga joriy etishda yordam berish kabi masalalarda murojaatlar kelib tushdi.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yili Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri va vazir o‘rinbosarlariga 190 nafar yoshlar biriktirilgan edi.

Yil davomida vazirlik tomonidan yoshlarning kasb o‘rganishi, ishga joylashishlari va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlari uchun amaliy ishlar olib borildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin