Get Mystery Box with random crypto!

Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qo‘yildi Bugun 9-fevra | Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qo‘yildi

Bugun 9-fevral kuni poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida keng jamoatchilik vakillari ishtirokida so‘z mulkining sultoni, shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda mamlakatimiz ilm-fan va san'at namoyondalari, ziyolilar, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, adabiyotshunos olimlar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi ham mutasaddi tashkilotlar bilan bir qatorda ushbu tantanali tadbirda qatnashib, Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambar qo‘ydi hamda hurmat bajo keltirdi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram