Get Mystery Box with random crypto!

#Сўраган_эдингиз #Malaka_toifasi Men navbatdan tashqari atte | Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Сўраган_эдингиз
#Malaka_toifasi

Men navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun
pedkadr.uzedu.uz manzili orqali ariza yuborganman. Ammo hozirga qadar bu arizamga hech qanday javob berilgani yo‘q. Attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar qancha vaqtda ko‘rib chiqiladi?

Navbatdagi-majburiy attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar yuborilgan kundan boshlab bir oy muddat ichida o‘rganib chiqiladi.

Navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar esa to‘lov qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida o‘rganib chiqiladi.

Navbatdan tashqari attestatsiya uchun to‘lov qilinmasa, murojaatlar elektron bazada ko‘rinmaydi va o‘rganib chiqilmaydi.

Ma’lumot uchun: navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun to‘lov miqdori:

davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi (hozirda 340 ming so‘m);

pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (hozirda 306 ming so‘m);

yagona interaktiv davlat xizmatlari portali —
my.gov.uz orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (hozirda 306 ming so‘m)ni tashkil etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram