Get Mystery Box with random crypto!

Ta’lim muassasalarining o'qituvchilari diqqatiga! YUNESKO ish | Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Ta’lim muassasalarining o'qituvchilari diqqatiga!

YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiya o'qituvchilarni Osiyo-Tinch okeani xalqaro hamjihatlik ta’lim markazining (GCED/EIU) Global fuqarolik ta’limi/Xalqaro hamjihatlik uchun ta’lim bo‘yicha bir qator o‘quv seminarlari va vorkshoplarida ishtirok etishga taklif qiladi.

Dasturning birinchi bosqichi, asosiy vorkshop 2021-yilning 5-iyulidan 16-iyuliga qadar o‘tkaziladi.

Ikkinchi bosqich, mentorlik - 16-avgustdan 15-sentabrgacha bo‘lib o‘tadi.

Ushbu seminar o‘qituvchilarga pandemiya tufayli yuzaga kelgan joriy muammolarni chuqur o‘rganish va tushunish hamda o‘z jamiyatlaridagi transformatsiyaga uchrayotgan ta’lim muhitida ishlash imkoniyatlarini oshirish uchun noyob onlayn-ta’lim olish imkoniyatini taqdim etadi.

Dasturda ishtirok etish uchun ariza topshirish muddati: 2021-yil 20-iyun

Dastur ingliz tilida olib boriladi


Ariza topshirish uchun havola:
https://forms.gle/FNUEqvDnV3Lkg2nv5

Batafsil ma’lumot olish uchun biriktirilgan konseptual xabardan foydalanishingiz, shuningdek, YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyaga murojaat qilishingiz mumkin

Email: info@unesco.uz
Tel: 97 749 34 70

#unesco #education #agenda2030 #SDGs #natcom #Tashkent #Uzbekistan

@milliy_komissiya_unesco