Get Mystery Box with random crypto!

TESOL: Teaching English to Speakers of Other Languages. Ushbu | Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

TESOL: Teaching English to Speakers of Other Languages. Ushbu sertifikatni TOEFL yoki IELTSdan asosiy farqi, u nafaqat ingliz tilini bilishni, balki boshqa tilda so'zlovchilar uchun Ingliz tilini o'rgata olishini bildiradi.

TESOL sertifikatiga ega o'qituvchilar xalqaro maktablarga bemalol ishga kira oladi. O'qituvchi ushbu sertifikatni o'zi harakat qilib olaman desa, kamida $2000 xarajat qilishiga to'g'ri kelar edi. Hozir ushbu xarajatlarning barchasi grant hisobiga qoplanmoqda.

"English Speaking Nation" loyihamiz doirasida yuzga yaqin oddiy maktab o'qituvchilarimiz yaqinda TESOL sertifikatlariga ega bo'ladilar, yil yakunigacha ularninig soni 400 nafarga yetadi deb umid qilamiz. Umuman olganda, 3 yil ichida ushbu loyiha 15 mingdan ortiq ingliz tili o'qituvchilarimizni malaka oshirishiga yordam beradi.

Chet tilini o'rgatish uchun birinchi navbatda chet tillari o'qituvchilarining o'zlari shu kabi xalqaro sertifikatlarga ega bo'lishga harakat qilishlari zarur, shundagina ularga qo'shimcha ustama ham bo'ladi