Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi quyidagi yo‘nalishlarda pu | UzDK REKTORining rasmiy kanali

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi quyidagi yo‘nalishlarda pullik professional o‘quv kurslariga qabul e’lon qiladi:

Fortepiano;
Torli cholg‘ular;
Damli va zarbli cholg‘ular;
Xalq cholg‘ulari;
Akademik xonandalik.
O‘qish istagida bo‘lganlar ijodiy suhbat asosida tanlanib, ularning imkoniyatlari va iqtidoriga qarab o‘qishning birinchi yoki ikkinchi bosqichiga qabul qilinadilar.
Mazkur kurslar ijodiy imtihonlar natijasida konservatoriyaga o‘qishga kira olmaganlar uchun o‘z bilimlarini oshirish va mustahkamlash imkonini beradi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, o‘quv kursi tinglovchilarining o‘tgan yili o‘qishga kira olmaganlari orasidan ushbu o‘quv yilida davlat grantiga va to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinganliklari mashg‘ulotlarning yuqori samaradorligini ko‘rsatmoqda.

Kerakli hujjatlar:
1. O‘zDK rektori nomiga ariza.
2. Pasport nusxasi yashash joyi ko‘rsatilgan holda.
3. Diplom (ilovasi bilan) yoki o‘rta maxsus ma’lumot haqidagi attestatning asli.

Maʼlumotlar 2022 yil 5 oktyabrdan 20 oktyabrga (shu kuni xam) qadar qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot uchun
:
+99871-244-85-85
+99899-300-11-12
____
Государственная консерватория Узбекистана объявляет набор на профессиональные платные курсы по следующим направлениям:

Фортепиано;
Струнные инструменты;
Духовые и ударные инструменты;
Народные инструменты;
Академическое пение.
Желающие обучаться будут приняты на основе творческой беседы, учитывая способности и талант, на первый или второй курс обучения.
Данные курсы дают возможность не поступившим по итогам творческих экзаменов в консерваторию улучшить и укрепить свои знания.
Отметим, что слушатели курсов, не поступившие в прошлом году, в этом учебном году поступили на бюджетные и контрактные места, что позволяет говорить о высокой результативности занятий.

Необходимые документы:
1) Заявление на имя ректора ГКУз;
2) Копия паспорта с пропиской;
3) Диплом (с приложением) или аттестат об 11-летнем образовании.

Документы принимаются c 5 по 20 октября текущего года.

За подробной информацией:
+99871-244-85-85
+99899-300-11-12