Get Mystery Box with random crypto!

​Qadrli pedagoglar, aziz ustozlar! Sizlarni kasb bayramingiz | UzDK REKTORining rasmiy kanali

​Qadrli pedagoglar, aziz ustozlar!
Sizlarni kasb bayramingiz bilan chin yurakdan muborakbod etaman va mislsiz mehnatingiz, o‘z ishingizga bo‘lgan professional yondashuv, samimiyligingiz, kasbga sadoqatingiz, har bir talabaga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rligingiz uchun cheksiz minnatdorchilik bildiraman!
Faoliyatingizning muhimligi va o‘rni haqida ortiqcha to‘xtalish kerak emas, chunki pedagoglarga doimo katta talablar qo‘yiladi. Yuksak kasbiy mahorat egasi, zamonaviy vositalar va uslublarni qo‘llash bo‘yicha mohirlikdan tashqari talabalarni mustaqil fikrlash, muhim qarorlar qabul qilish, mas’uliyat hissi va yurtimizning munosib fuqarosi bo‘lishga o‘rgatish o‘ta ahamiyatlidir.
Albatta, har doim ham oson bo‘lmaydi, kundalik tashvishlar ham yuzaga kelishi mumkin, lekin siz ustozlar yoshlarga bilim, ta’lim-tarbiya berib, ularga mehr ko‘rsatgan holda yangi marralarni zabt etishga ilhom berasizlar.
Sizlarga samimiyat ila farovonlik, faoliyatingizga muvaffaqiyatlar, tinchlik-xotirjamlik, ish va ijodingizda yangi marralarni zabt etishingizda cheksiz kuch-quvvat tilayman! Sharafli kasbingiz faqat quvonch va xursandchilik olib kelsin!
__
Дорогие педагоги!
От чистого сердца я поздравляю вас с профессиональным праздником и благодарю за ваш бесценный труд, профессионализм, открытые сердца и преданность работе, за любовь, что вы дарите каждому студенту!
Не найдется слов, чтобы оценить всю сложность и важность вашей работы, ведь к педагогу всегда предъявлялись высокие требования. Важно не только быть профессионально грамотным, владеть новейшими средствами и методиками обучения, но и научить студентов самостоятельно мыслить, принимать важнейшие решения, нести ответственность и быть достойным гражданином нашей страны.
Пусть не всегда бывает легко, пусть будни порой наполнены хлопотами, но вы всегда несете молодому поколению знания, мудрость и доброту, не теряя бодрости духа и вдохновения.
От всей души я желаю вам благополучия, профессиональных успехов,  душевного спокойствия и бесконечного энтузиазма в вашей деятельности. Пусть вас не посещают печаль и неприятные заботы, а работа награждает радостью и блистательными победами!