Get Mystery Box with random crypto!

​​Universitet Kengashi majlisi xususida Bugun O‘zbekiston da | UzDJTSU (Rasmiy_kanali)

​​Universitet Kengashi majlisi xususida

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2022 – 2023 o‘quv yilidagi ish rejalarni belgilab olish va boshqa turli masalalarga bag‘ishlangan universitet Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda universitet rektori, professor M.Boltabayev, Kengash a’zolari, prorektorlar, dekanlar hamda bo‘lim rahbarlari ishtirok etishdi.

Kengash kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi va ular yuzasidan takliflar, fikr-mulohazalar bildirildi:

- O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’ati qarorlari, buyruqlari, shu bilan birga Sportni rivojlantirish vazirligi qaror va buyruqlarining mazmun-mohiyati to‘g‘risida;

- Yangi 2022 – 2023 o‘quv yili uchun universitet Kengashi tarkibi hamda ish rejasini tasdiqlash,
- O‘quv jarayonini tashkil etish, kafedralar bo‘yicha o‘quv yuklamalari hajmi va shtat birliklarini tasdiqlash.

Shuningdek, universitet rahbari tomonidan haqli ravishda ba’zi bo‘limlar faoliyatidan qoniqish hosil qilinmayotganligi, bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarga mas’uliyat bilan yondashilmayotganligi qattiq tanqid ostiga olindi.

Yig‘ilish yakunida esa rektor tomonidan kun tartibida ko‘rilgan masalalar yuzasidan barcha rahbar xodimlarga qisqa vaqt ichida amalga oshirish sharti bilan zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

https://t.me/uzdjtsu_rasmiy