Get Mystery Box with random crypto!

🇺🇿O'zbekiston yoshlari Qirg'izistonda🇰🇬

Telegram kanalining logotibi uzbyoshlar_kg — 🇺🇿O'zbekiston yoshlari Qirg'izistonda🇰🇬 O
Telegram kanalining logotibi uzbyoshlar_kg — 🇺🇿O'zbekiston yoshlari Qirg'izistonda🇰🇬
Kanal manzili: @uzbyoshlar_kg
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.48K
Kanalning ta’rifi

O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Qirg'izistondagi vakolatxonasi
(Rasmiy)
Murojaat : @wayu_murojaat
Ta'limga oid savol👉 @murojaat_kg
O'zbekiston: 998993455559
Elchixona : 996 312986296

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-30 19:27:11 Таълим инспекцияси қўшни давлатлардаги аккредитацияланган олий таълим ташкилотлари рўйхатини эълон қилди.


@uzbyoshlar_kg
3.2K views16:27
Ochish/sharhlash
2022-08-30 19:18:36 Apellatsiya arizalarini qabul qilish davom etmoqda.

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

Apellatsiya arizalari my.dtm.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinmoqda va 6-sentabrga qadar (10 kun) davom etadi.

Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi kerak.

Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2022-yil 7-sentabrdan boshlanadi.

Oʻqishni koʻchirishga oid yangiliklar:
@Talimgaoid_perevod
2.2K views16:18
Ochish/sharhlash
2022-08-30 19:14:33


No comment...

t.me/uzbyoshlar_kg
2.7K views16:14
Ochish/sharhlash
2022-08-30 19:12:05
Talabalar tomonidan eng koʻp berilayotgan savollarga javob beruvchi help.edu.uz platformasi ishga tushdi.

Endilikda oʻzingizni qiziqtirgan savollarga Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining ushbu platformasi orqali oson va qulay javob topishingiz mumkin.

Savollar vazirlikning 1006 ishonch telefoni va Call-markaz (71-203-64-64) orqali hamda fuqarolar tomonidan yuborilgan onlayn murojaatlar asosida doimiy ravishda boyitib boriladi.


@uzbyoshlar_kg
2.9K viewsedited  16:12
Ochish/sharhlash
2022-08-30 17:37:45
#Teknofest'da Oʻzbekiston pavilioni koʻngilli talaba yoshlarimiz bilan
@turkiyadagiyoshlar
2.6K views14:37
Ochish/sharhlash
2022-08-30 12:25:32 2022-2023-o‘quv yili uchun 190 mingdan ziyod abituriyent talabalikka tavsiya etildi

2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra 190 375 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi. Shundan

39 962 nafari — davlat granti;
150 413 nafari — to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan.

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti:

Kunduzgi ta’lim shakli — 118 352 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 45 407 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 9 139 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 3 416 nafar.

@uzbyoshlar_kg
3.0K views09:25
Ochish/sharhlash
2022-08-30 12:22:32 Bu yil Respublika bo’ylab o’rtacha o’tish bali quyidagicha bo’ldi:

- davlat granti asosida o‘rtacha ball — 121,2 ballni;

- to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha ball — 95,9 ballni tashkil etdi.

@uzbyoshlar_kg
3.0K views09:22
Ochish/sharhlash
2022-08-30 12:21:35 ТАЪЛИМ КРЕДИТИ ОЛИШ УЧУН ҚАНДАЙ ХУЖЖАТЛАР ТАЙЁРЛАШ КЕРАК

Вазирлар Маҳкамасининг 18.08.2021 йилдаги 527-сон қарори билан тасдиқланган низомга кўра, таълим кредитини олиш учун Молия вазирлигининг расмий веб-сайтида эълон қилинган тижорат банкларига қуйидаги ҳужжатлар тақдим этилади:

таълим кредити олиш тўғрисидаги ариза;

талаба ва таълим ташкилоти ўртасидаги тўлов-контракт асосида ўқиш ҳақидаги тўлов-контракт шартномаси. (Шартномада ўқишни тамомлашнинг белгиланган муддати ва бир йил учун тўлов миқдори кўрсатилган бўлиши лозим)

таълим кредити қайтарилишининг таъминоти бўйича ҳужжат. ("Ижтимоий ҳимоя ягона реестри”га кирган оилаларнинг фарзандларига ажратиладиган таълим кредити бўйича гаров ва кафиллик талаб этилмайди)

“Ижтимоий ҳимоя ягона реестри”га киритилган оилалар фарзандлари учун ўша реестрга киритилганлигини тасдиқловчи маълумотнома

Юқоридаги реестрга кирмайдиганлар учун биргаликда кредит олувчи (Кафил)га тегишли маълумот.

@uzbyoshlar_kg
3.1K views09:21
Ochish/sharhlash
2022-08-30 11:58:05 #Xushxabar

ENDI TAʼLIM KREDITI BARCHAGA BERILADI

O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim muddati bir yil va undan ortiqni tashkil etuvchi barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari, jumladan;

davlat oliygohlari;
nodavlat oliygohlar;
o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari;
O‘zbekistondagi xorijiy oliygoh, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari.

Shuningdek, kunduzgi, kechki, sirtqi taʼlim shakliga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan hamda o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalarga beriladi.

Asos: Oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 323-qarori

Taʼlim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
2.1K views08:58
Ochish/sharhlash
2022-08-29 12:57:12


To'g'ri savol...lekin
573 views09:57
Ochish/sharhlash