Get Mystery Box with random crypto!

OʻZBEKISTON TARIXI | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi uzbtariximtrk — OʻZBEKISTON TARIXI | Rasmiy kanal O
Telegram kanalining logotibi uzbtariximtrk — OʻZBEKISTON TARIXI | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @uzbtariximtrk
Toifalar: Sanʼat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.05K
Kanalning ta’rifi

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi "Oʻzbekiston tarixi" telekanalining Telegramdagi rasmiy kanali
Telekanal maʼmuriyati bilan aloqa: @uzbtariximtrk_bot
fb.com/ozbekistontariximtrk
Instagram.com/uzbtariximtrk
https://youtube.com/channel/UCVvqrmoIqQt

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-11-28 11:30:39
Yurtimizning davlat bo‘lib shakllanish bosqichlari va undagi muommolar haqida xalqaro jurnalist Shuhrat Salomov bilan ochiq suhbat

Ko‘rsatuvni You Tube'dagi sahifamizda tomosha qiling.

You Tube —



Telegram | Instagram | Facebook | You Tube
5.3K views08:30
Ochish/sharhlash
2022-11-26 10:22:02
“Oʻzbekiston haqidagi qarashlarim butunlay oʻzgardi” - fransuzlar Luvrdagi koʻrgazmaga yuqori baho berdi

23-noyabrdan boshlab Parijdagi Luvr muzeyida “Oʻzbekiston vohalari moʻjizalari. Karvon yoʻllari chorrahasida” koʻrgazmasi ochildi. Unga tashrif buyuruvchilar Oʻzbekistonni qaytadan kashf qilishganini aytishmoqda.

Manba

Telegram | Instagram | Facebook | You Tube
7.3K views07:22
Ochish/sharhlash
2022-11-25 20:36:00 "Evrika+" ko‘rsatuvi orqali tarixiy bilimlaringizni sinab ko‘ring!

You Tube —



Telegram | Instagram | Facebook | You Tube
3.6K views17:36
Ochish/sharhlash
2022-11-25 14:20:49
Nazokat ramzi tillaqosh

Tillaqosh – ayollarning bosh kiyim ustidan peshonaga taqiladigan taqinchog‘idir. U kumush, tilla va boshqa metallardan yasaladi va uchburchak shaklidagi toj ko‘rinishiga ega bo‘ladi.

Olmaliq shahar "O‘lkashunoslik muzeyi"da eksponat sifatida joy olgan ushbu tillaqoshga toshlar, munchoqlar va biri kalta biri uzun zanjirlar osilgan. Taqinchoqlar gajak, sirg‘a, zebigardon bilan birga ajoyib ko‘rinish hosil qilgan.

Manba

Telegram | Instagram | Facebook | You Tube
8.2K views11:20
Ochish/sharhlash
2022-11-24 13:38:16
Ganch o‘ymakorligi — amaliy san'atning qadimiy va keng tarqalgan sohasi

Ganchga o‘yma naqsh va tasvir ishlashning qulayligi ganch o‘ymakorligining rivojlanishiga olib kelgan.

Naqsh mujassamotini an'anaviy o‘simliksimon (islimiy) va handasiy (girix) naqshlar tashkil etadi. Ganch o‘ymakorligi hozirda ham jamoat binolari, turar joylarni bezatishda keng qo‘llaniladi.

Manba
 
Telegram | Instagram | Facebook | You Tube
4.9K views10:38
Ochish/sharhlash
2022-11-24 10:58:02
Angren shahar tarixi muzeyidan joy olgan mis qumg‘on XIV-XVII asrlar oralig‘ida qo‘lda yasalgan. Uning aylanasi 100 sm, uzunligi 56 smga teng.

Qumg‘ondan hammomda suv qaynatish maqsadida foydalanilgan, qorin qismiga doira shaklida bezak berilib , doiraning markazida quyosh tasviriga o‘xshash naqsh tushirilgan. Bo‘yin qismiga gumbazsimon bezak berilgan.

Qumg‘onning dastagi qo‘l ishi bo‘lib, qopg‘og‘i bilan qorin qismini birlashtirib turish uchun mis mixlardan foydalanilgan. Uning tayanch vazifasini bajaruvchisi aylana gardishdan iborat.

Manba
 
Telegram | Instagram | Facebook | You Tube
8.3K views07:58
Ochish/sharhlash
2022-11-23 19:42:10
"O‘zbekiston tarixi" telekanali "Zamonlar osha" ko‘rsatuvi ijodkorlari atoqli matematik olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Mehnat qahramoni, Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureati Qori-Niyoziy hayoti va uning ilmiy faoliyati haqida ko‘rsatuv tayyorlamoqda...

Telegram | Instagram | Facebook | You Tube
4.8K views16:42
Ochish/sharhlash
2022-11-23 13:24:03
#mobil_reportaj

Olmaota shahrida taniqli rassom Diloram Mamedovaning tasviriy san'at ko‘rgazmasi ochildi

https://uztv.tv/channels/uzbekiston-tarix

Telegram | Instagram | Facebook
49 views10:24
Ochish/sharhlash
2022-11-23 10:14:02
QADIM BITIK
Hijriy 793 (milodiy 1391) yil Sohibqiron Amir Temur To'xtamishxonga qarshi yurish qilganida O'tror atrofida uyg'ur yozuvida bir toshbitik yodgorlik qoldiradi.
Yuqoridagi suratda ko'rinib turgan mazkur bitik 1935 yilda Qozog'istonning Ulug'tog' o'lkasi Qarasakpay mis koni atrofidan topilgan. Fanga ham "Qarasakbay toshbitigi" nomi bilan kirgan. Hozirda u S.Peterburgdagi Ermitaj muzeyida saqlanmoqda. Vazni 120 kg, o'lchami 130x93x50 sm.

Manba
 
Telegram | Instagram | Facebook | You Tube
2.3K views07:14
Ochish/sharhlash
2022-11-23 09:12:44
22-noyabr kuni Qozogʻiston Respublikasining Olmata shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Turizm va madaniy meros vazirligi Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi elchixonasi hamkorligida taniqli rassom Dilorom Mamedovaning tasviriy san’at koʻrgazmasi ochildi.

“Olmata oʻzbek rassomi nigohida” deb nomlangan ijodiy koʻrgazmadan rassomning ikki mamlakat qadriyatlari, an’analari, milliy liboslarini, madaniy meros obyektlarini, goʻzal tabiatini ifodalagan tasviriy san’at asarlari oʻrin olgan.

Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari - Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduxakimovning kirish soʻzi bilan Madaniy meros agentligi direktori oʻrinbosari ochib berdi.

Manba
 
Telegram | Instagram | Facebook | You Tube
3.4K views06:12
Ochish/sharhlash