Get Mystery Box with random crypto!

Angren shahar tarixi muzeyidan joy olgan mis qumg‘on XIV-XVII | OʻZBEKISTON TARIXI | Rasmiy kanal

Angren shahar tarixi muzeyidan joy olgan mis qumg‘on XIV-XVII asrlar oralig‘ida qo‘lda yasalgan. Uning aylanasi 100 sm, uzunligi 56 smga teng.

Qumg‘ondan hammomda suv qaynatish maqsadida foydalanilgan, qorin qismiga doira shaklida bezak berilib , doiraning markazida quyosh tasviriga o‘xshash naqsh tushirilgan. Bo‘yin qismiga gumbazsimon bezak berilgan.

Qumg‘onning dastagi qo‘l ishi bo‘lib, qopg‘og‘i bilan qorin qismini birlashtirib turish uchun mis mixlardan foydalanilgan. Uning tayanch vazifasini bajaruvchisi aylana gardishdan iborat.

Manba
 
Telegram | Instagram | Facebook | You Tube