Get Mystery Box with random crypto!

Temurbeklar maktabi》👮‍♂️《Ichki ishlar akademik litseylari

Telegram kanalining logotibi uzbhals — Temurbeklar maktabi》👮‍♂️《Ichki ishlar akademik litseylari T
Telegram kanalining logotibi uzbhals — Temurbeklar maktabi》👮‍♂️《Ichki ishlar akademik litseylari
Kanal manzili: @uzbhals
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 372
Kanalning ta’rifi

👨‍✈️"Temurbeklar maktabi"
👨‍✈️"Yosh chegarachilar" harbiy akademik litseyi
👮‍♂️Ichki ishlar akademik litseylari
🏢Qabul
Nomzodlarga imtiyozlar
Diktant
Psixologok test
Jismoniy tayyorgarlik
Fanlardan testlar
Bitiruvchilarga imtiyozlar
🌐www.uzbhal.uz

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-04-11 19:19:02 Oliy harbiy bilim yurtlariga topshiruvchilar uchun

@uzbhals
@uzhals
1.2K views16:19
Ochish/sharhlash
2022-04-11 19:16:51
Oliy harbiy bilim yurtlariga topshiruvchilar uchun

@uzbhals
@uzhals
1.1K viewsedited  16:16
Ochish/sharhlash
2022-04-09 17:28:49 PSIXOLOGIK TEST

"Temurbeklar maktabi"
Ichki ishlar akademik litseylari


Guruhga ulanish: @uzhals
Kanalga ulanish: @uzbhals


Javoblar guruh va kanalda e'lon qilinadi
1.4K viewsedited  14:28
Ochish/sharhlash
2022-04-07 07:50:36
Suhbat uchun bilib qo'ygan yaxshi
1.2K views04:50
Ochish/sharhlash
2022-03-27 18:03:33 BITIRUVCHILARGA IMTIYOZLAR IIV AKADEMIK LITSEYLAR

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi ta’lim shakliga qabul faqat Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari, harbiy akademik litseylar bitiruvchilari, shuningdek ichki ishlar organlari xodimlari tarkibidan amalga oshirilishi;

- Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutiga va Harbiy-texnika institutiga oʻqishga kirishda Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarining bitiruvchilari uchun ularning test sinovlari davomida toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 10 foizi miqdorida qoʻshimcha ballar tarzida imtiyozli shartlar tatbiq etilishi;

- Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Yongʻin xavfsizligi instituti yoki Harbiy-texnika institutiga oʻqishga kirolmagan Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarning bitiruvchilarini ustunlik asosida ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilish tartibi joriy etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
1.3K views15:03
Ochish/sharhlash
2022-03-27 18:01:56 BITIRUVCHILARGA IMTIYOZLAR TEMURBEKLAR MAKTABI

“Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida o‘zlari to‘plagan ballarning 30 foizi miqdoridagi, respublikaning boshqa davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda esa o‘zlari to‘plagan ballarning 15 foizi miqdoridagi qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz beriladi;

“Temurbeklar maktabi”ni imtiyozli diplom bilan tugatgan bitiruvchilarga, tarkibida “Temurbeklar maktabi” bo‘lgan vazirlik va idoralarning tegishliligi bo‘yicha oliy harbiy yoki ixtisoslashtirilgan bilim yurtlariga test sinovlarsiz, harbiy-kasbiy saralash tadbirlarini muvaffaqiyatli o‘tish natijalari bo‘yicha kirish huquqi beriladi.
1.1K views15:01
Ochish/sharhlash
2022-03-27 17:59:37 NOMZODLARGA IMTIYOZLAR IIV AKADEMIK LITSEYLARI

IIV akademik litseyiga Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq, dastlabki va maxsus-professional tanlov natijalariga javob beradigan quyidagi nomzodlar test sinovlarisiz imtiyoz asosida qabul qilinadi:

- tegishli ixtisoslik fanlari boʻyicha xalqaro olimpiadalar va fan olimpiadalarining respublika bosqichi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar va musobaqalarda gʻolib boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining belgilangan namunadagi guvohnomasiga ega boʻlganlar;

- oʻz xizmat vazifalarini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining farzandlari.

- Terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari qabul kvotalaridan tashqari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qoʻshgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining taqdimnomasi asosida.

- Ichki ishlar organlari amaldagi xodimlarining farzandlarini ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida IIV akademik litseyiga qabul qilishda oʻrinlar maxsus-professional tanlov natijalari boʻyicha toʻplangan ballardan kelib chiqib ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.
Ajratilgan besh foizli qabul kvotalariga qabul qilinmagan nomzodlar maxsus-professional tanlov natijalari boʻyicha toʻplagan ballari bilan umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar.

- Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ixtisoslashgan maktab-internatining dastlabki tanlov natijalariga javob beradigan bitiruvchilari doimiy yashash manzili boʻyicha maxsus-professional tanlov va test sinovlarisiz imtiyoz asosida qabul qilinadi.
1.0K views14:59
Ochish/sharhlash