Get Mystery Box with random crypto!

NOMZODLARGA IMTIYOZLAR IIV AKADEMIK LITSEYLARI IIV akademik l | Temurbeklar maktabi》👮‍♂️《Ichki ishlar akademik litseylari

NOMZODLARGA IMTIYOZLAR IIV AKADEMIK LITSEYLARI

IIV akademik litseyiga Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq, dastlabki va maxsus-professional tanlov natijalariga javob beradigan quyidagi nomzodlar test sinovlarisiz imtiyoz asosida qabul qilinadi:

- tegishli ixtisoslik fanlari boʻyicha xalqaro olimpiadalar va fan olimpiadalarining respublika bosqichi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar va musobaqalarda gʻolib boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining belgilangan namunadagi guvohnomasiga ega boʻlganlar;

- oʻz xizmat vazifalarini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining farzandlari.

- Terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari qabul kvotalaridan tashqari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qoʻshgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining taqdimnomasi asosida.

- Ichki ishlar organlari amaldagi xodimlarining farzandlarini ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida IIV akademik litseyiga qabul qilishda oʻrinlar maxsus-professional tanlov natijalari boʻyicha toʻplangan ballardan kelib chiqib ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.
Ajratilgan besh foizli qabul kvotalariga qabul qilinmagan nomzodlar maxsus-professional tanlov natijalari boʻyicha toʻplagan ballari bilan umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar.

- Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ixtisoslashgan maktab-internatining dastlabki tanlov natijalariga javob beradigan bitiruvchilari doimiy yashash manzili boʻyicha maxsus-professional tanlov va test sinovlarisiz imtiyoz asosida qabul qilinadi.