Get Mystery Box with random crypto!

#viki_xushxabar 30-iyun — Yoshlar kuni “WikiStipendiya” maraf | Oʻzbekcha Vikipediya

#viki_xushxabar

30-iyun — Yoshlar kuni “WikiStipendiya” marafoni uchun unutilmas sanaga aylandi. Loyiha bilan yaqindan tanishgan Prezidentimiz o‘zlarining bayram tabrigida quyidagilarni ta’kidladilar:

“Men hozirgina uchrashgan Mehrinoz Abbosova boshchiligidagi bir guruh tashabbuskor yoshlar tomonidan dunyoning eng ommabop elektron ensiklopediyasi – Vikipediyaga 10 mingdan ortiq o‘zbek tilidagi maqolalar joylanganini eshitib xursand bo‘ldim. Hammangizning nomingizdan bu jamoaga minnatdorlik bildirmoqchiman.

Vikipediyada o‘zbek tilidagi maqolalar sonini 100 mingtaga yetkazish va xorijiy tillarda ham O‘zbekiston haqidagi ma’lumotlarni joylashtirish yaxshi samara berishi shubhasiz. Ushbu maqsadlar uchun 10 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi”.


Endi marrani yanada kengroq olib, Prezidentimizning bildirgan ishonchini oqlashga astoydil harakat qilamiz!
Olg‘a!

#Tilimizuchun
@wikistipendiya