Get Mystery Box with random crypto!

Eksperimental rubrika. Har yakshanba hafta davomida o’zim duch | Uzbekonomics

Eksperimental rubrika. Har yakshanba hafta davomida o’zim duch kelgan 5-6 ta yangilik/tadqiqot/maqola/ta’lim resursi va ularga ilovalar bilan bo’lishaman. Masalan, MR blogini biladiganlar formatni biladi.

1. Qimmatli qog’ozlar - aksiyalar bilan savdo qilmoqchi bo’lgan har qanday investor buxgalterlik balanslarini o’qiy olishi va talqin qila olishi kerak. Aks holda bozordan uzoq yuring. Twitterda tred.

2. Baydenning talabalar krediti dasturi tagida biz bilgandan ham kattaroq muammolarni keltirib chiqarar ekan. Aleks Tabarrok yozmoqda.

3. AQSh markaziy banki foiz stavkalarini hozirgidan ancha balandroqqa ko'tarmasdan inflyatsiyani ushlab turishi mumkinmi? Jon Koxreyn kolonkasi.

4. Davlat ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirishmaganda xususiy sektor yordamga keladi. Sovet tadqiqotchilarini qutqargan Soros dasturining effekti haqida ilmiy maqola.

5. Agar kambag’al toifadagi bolalar o'z do'stlarining kamida 70 foizi boy toifadagi bolalar bo'lgan mahallalarda o'sishsa - bu ularning kelajakdagi daromadlarini o'rtacha 20 foizga oshirar ekan. Bu tabaqalararo do’stlik, ya'ni o’zaro iqtisodiy bog’liqlik faktori boshqa ma’lum faktorlardan - maktab sifati, oilasi, ish o'rnilarining mavjudligi yoki irqiga qaraganda kelajakdagi daromadlarga, kambag’allikdan chiqishga ancha ko’proq ta’sir qilar ekan. Raj Chetty va uning hammualliflari tomonidan muhim tadqiqot Nature jurnalida chiqdi. NYT yoritgan. Shu haqda batafsil post yozayotgan edim, cho’zilib ketdi, tugatib, yozib qo’yarman.

6. O’zini Rotshildlar merosxo’ri deb aldab ko’rsatgan ukrainalik ayol Trampga yaqin bo’lib olibdi, Mar-a-Lagoga be’malol kirib-chiqib yuribdi. Insider maqolasi.

P.S. O’zim bilmagan holda, tasodif bilan bitta postda Rotshildni ham va Sorosni tiliga olibman. Uyat.

@uzbekonomics