Get Mystery Box with random crypto!

O’zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi

Telegram kanalining logotibi uzbekembassykorea — O’zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi O
Telegram kanalining logotibi uzbekembassykorea — O’zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi
Kanal manzili: @uzbekembassykorea
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 699
Kanalning ta’rifi

O’zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi
Посольство Республики Узбекистан в Республике Корея

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2021-02-10 03:44:15 O‘ZBEKISTONDAGI BOLALAR BOG‘CHALARI DASTURLASHNI O‘RGATADIGAN ROBОTLAR BILAN TAʼMINLAMOQDA

9 fevral kuni maktabgacha taʼlim vazirligida bolalarga robоtotexnika va dasturlash ko‘nikmalarini o‘rgatishga mo‘ljallangan Albert va Genibоt aqlli robоtlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Janubiy koreyalik hamkorlar O‘zbekiston maktabgacha taʼlim muassasalariga 275 ta robоt va 350 ta o‘quv qo‘llanmasi taqdim qildi.


Tadbir Maktabgacha taʼlim vazirligi, Janubiy Koreya robоt sanoatini rivojlantirish instituti, Janubiy Koreya o‘qituvchilar uyushmasi, shuningdek, FRG Korea, Dazzle Edu, Genie Robоt va SK Telecom kompaniyalari vakillari ishtirokida onlayn shaklda o‘tkazildi.

Albert va Genibt robоtlari O‘zbekiston bo‘ylab 53 ta maktabgacha taʼlim muassasasiga taqsimlanadi. Joylarda ustozlarni o‘qitish va pilot loyihasi natijalarini monitoring qilish ishlari vazirlik huzuridagi Axborot va pedagogik texnologiyalar innovatsion markazi tomonidan olib boriladi.

Pilot loyihasi muvaffaqiyatli yakunlangach, vazirlik yana-da ko‘p bolalar bog‘chalarini aqlli robоtlar bilan taʼminlaydi, shuningdek, ularning ish funksiyalarini imkoniyatlari cheklangan bolalarga mo‘ljallangan dastur bilan to‘ldiradi.
199 views00:44
Ochish/sharhlash
2021-02-10 03:44:13
146 views00:44
Ochish/sharhlash
2021-02-10 03:42:09 O‘ZBEKISTONDA SAYLOVLAR OKTYABR OYIDA O‘TKAZILADI

«Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi.

O‘zgartirishga ko‘ra, Prezident saylovi, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlar tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi belgilandi (ilgari dekabr oyida edi).

Shuningdek, saylovlarni o‘tkazish bo‘yicha saylov uchastkalari tumanlar va shaharlar hokimliklarining taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan, tuman, shahar Kengashlari deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha saylov uchastkalari esa tuman, shahar saylov komissiyalari tomonidan tuziladi (ilgari saylov uchastkalari tuman va shaharlar hokimliklari taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan tuzilgan).

Endilikda Xalq deputatlari tuman, shahar (bundan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi mustasno) Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari tuzilmaydi.

Hujjat bilan chet davlatlarda turgan fuqarolarni saylovchilar ro‘yxatlariga kiritish tartibi belgilandi.

O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalarida saylovchilarning ro‘yxati mazkur muassasalar boshliqlari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida tuziladi.

Tuzilgan uchastka saylov komissiyalari chet davlatlarda turgan fuqarolarni saylovchilar ro‘yxati bilan tanishish usuli, joyi va vaqti to‘g‘risida xabardor qiladi.

Chet davlatlarda turgan fuqarolar o‘zlarini saylovchilar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida saylovdan 15 kun oldin yozma shaklda O‘zbekistonning diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyalariga yoki Tashqi ishlar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda murojaat qilishi mumkin.

O‘zbekistonning diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyalari:

- chet davlatlarda turgan fuqarolarning ularni saylovchilar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risidagi murojaatida ko‘rsatilgan shaxsga doir maʼlumotlarni tekshiradi va fuqaroni saylovchilar ro‘yxatiga kiritish haqidagi masalani hal qiladi;

- saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar haqidagi maʼlumotlarni Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etadi.

Tashqi ishlar vazirligi saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar haqidagi maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga tegishli tuzatishlar kiritish uchun taqdim etadi.

O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalarida ovoz berish saylov kuni ushbu saylov uchastkalari joylashgan yerdagi mahalliy vaqt bilan soat 8.00 dan 20.00 gacha o‘tkaziladi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
148 views00:42
Ochish/sharhlash
2021-02-10 03:42:06
129 views00:42
Ochish/sharhlash