Get Mystery Box with random crypto!

O‘ZBEKISTON PREZIDENTI: DAVLAT DASTURIDAN ASOSIY MAQSAD - ODAM | O’zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi

O‘ZBEKISTON PREZIDENTI: DAVLAT DASTURIDAN ASOSIY MAQSAD - ODAMLAR HAYOTIDA IJOBIY O‘ZGARISHLAR QILISH

10 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi ijrosini samarali tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ma’lumki, 2021 yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilingan edi. Shu borada tayyorlangan dastur loyihasi umumxalq muhokamasiga qo‘yilib, 2 mingdan ziyod takliflar, fikr-mulohazalar olindi, ular asosida qayta ishlanib, yanada boyitildi.

Ushbu takomillashgan Davlat dasturi Prezidentimizning joriy yil 3 fevraldagi farmoniga muvofiq qabul qilindi. Unda 273 ta band bor. Bu chora-tadbirlarni bajarish uchun qariyb 30 trillion so‘m, 2 milliard 600 million AQSH dollari va 57 million yevrodan ziyod mablag‘ yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.