Get Mystery Box with random crypto!

O‘ZBEKISTON PREZIDENTINING OLIY MAJLISGA MUROJAATNOMASINING AS | O’zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi

O‘ZBEKISTON PREZIDENTINING OLIY MAJLISGA MUROJAATNOMASINING ASOSIY YO‘NALISHLARI BMT BOSH ASSAMBLEYASINING RASMIY HUJJATI SIFATIDA TARQATILDI

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasining asosiy yo‘nalishlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining barcha rasmiy tillarida – arab, xitoy, ingliz, fransuz, rus va ispan tillarida chop etildi hamda Tashkilot Bosh Assambleyasi 75-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida tarqatildi.

Hujjatda O‘zbekiston rahbariyatining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlari, respublikamizda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida amalga oshirilayotgan tub islohotlar va yaqin istiqboldagi dolzarb vazifalar o‘z ifodasini topgan.