Get Mystery Box with random crypto!

Uzbek students| Talabalar blogi

Telegram kanalining logotibi uzbek_students — Uzbek students| Talabalar blogi U
Telegram kanalining logotibi uzbek_students — Uzbek students| Talabalar blogi
Kanal manzili: @uzbek_students
Toifalar: Bloglar , Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 15
Kanalning ta’rifi

• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar !
• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-01-14 05:49:34 ​#tabrik_sher

Xonadon obro'yi, taxti-erkakdir,
Bolalar quvonchi, baxti-erkakdir.
Ayollar qudrati mulki-erkakdir,
Vatanim g'ururi ko'rki-erkakdir.

Erkak bor, bog'larda gullar ochilar,
Ular bor, qalblarga quvonch sochilar.
Oila butundir ular boridan,
Hayotin qizg'anmas do'sti, yoridan.

Dasturxon butligi - ular mehnati,
Ustimiz butligi - ular himmati.
Farzandlar chirog'i - ular borligi,
Muhabbatning bizga mudom yorligi.

Erkaklar mardligi berur iftixor,
Ularda mehr bor va muhabbat bor.
Farzandin ertasin o'ylovchi ular,
Oila obro'yin qo'llovchi ular.

Shunday yigitlarni sevar xaloyiq,
Shundayin erkaklar mehrga loyiq.
Ular elimizning sodiq posboni,
Ular bor, tinch erur yurtning osmoni.

Bayram muborakbod, aziz erkaklar,
Tilaymiz sizlarga ezgu tilaklar.
Omon bo'ling bola, onalar uchun,
Sezing doim ayol mehrining kuchin.

Aziz erkaklar bayramimiz muborak bo'lsin. Hamisha sog' salomat bo'laylik.


@Uzbek_students
2.2K views02:49
Ochish/sharhlash
2021-01-12 10:47:39
Toshkent talabalarni sevmaydi(mi).

Oliy ta'lim maskanlari 11 yanvardan an'anaviy ta'limga qayta boshladi. Kun.uz O‘zbekiston poytaxtining asl uysizlari muammosini o‘rganibdi.

O‘zbekistondagi OTMlar turar joyga talabgor talabalarning 27 foizini yotoqxona bilan ta'minlay oladi xolos.

Video Kun.uz

@Uzbek_Students Talabalar safini kengaytir!
12.3K views07:47
Ochish/sharhlash
2021-01-10 15:32:22
Rasm @studentchahazillar
1.8K views12:32
Ochish/sharhlash
2021-01-09 11:12:15 Stipendiya oshdi, lekin kontraktlar oshmas ekan. Buning tartibi qanday bo‘ladi?

1 fevraldan ish haqi va stipendiyalar oshishi ma’lum qilingan edi. Qoidaga ko‘ra, OTMlarning to‘lov-kontrakt narxlari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorlariga bog‘langan edi va har safar ish haqlari oshirilganda, kontrakt miqdorlari ham ko‘tarilardi.

Ammo joriy yilda Hukumat pandemiya sabab aholining turmush darajasini hisobga olib, 2 marta yengillik berish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Birinchisi, to‘lov-kontrakt miqdorlariga 10% chegirma berildi. Ikkinchisi, 1 fevraldan ish haqlari oshiriladigan taqdirda ham joriy o‘quv yili uchun kontraktlar miqdori oshmasligi belgilab qo‘yildi.

Bu talabalar va ularning ota-onalari uchun sezilarli darajada yaxshi qaror.

Endi hozirgi holatdan kelib chiqib, ayrim talabalarda savol paydo bo‘lmoqda, ya’ni stipendiya oshsayu, kontrakt oshmasa, buning tartibi qanday bo‘ladi?

Shu bo‘yicha o‘z fikrimni bildirib o‘tmoqchi edim. Demak, holat quyidagicha:

Davlat grantida o‘qiydiganlar uchun:

umumiy qoidaga ko‘ra, davlat grantida o‘qiydiganlarning barchasining bazaviy stipendiyasi 10%ga oshirilib, 42 ming 800 so‘m qo‘shiladi, ya’ni 470 ming 800 so‘m (avval 428 ming so‘m edi) etib belgilanadi;

agar davlat grantida o‘qiydigan talaba semestr yakunida barcha fanlardan «a’lo» (5) baho (reyting ko‘rsatkichi 86 ball va undan yuqori) olsa, unda unga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holda, ya’ni 564 ming 960 so‘m (avval 513 ming 600 so‘m edi) miqdorida stipendiya tayinlanadi.


Stipendiyali to‘lov-kontraktni tanlagan talabalar uchun:

ularning to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘sha-o‘sha saqlanib qoladi, o‘zgarmaydi;

umumiy qoidaga ko‘ra, agar talaba stipendiyali kontraktni tanlagan bo‘lsa, unda har oylik bazaviy 428 ming so‘m stipendiyani hisobga olib, kontraktiga qo‘shimcha 5 mln 136 ming so‘m to‘lagan. Shuning hisobiga ular 12 oy davomida bo‘lib-bo‘lib 428 ming so‘m stipendiya oladi. Ya’ni o‘zi to‘lagan pulni, o‘zi qaytarib oladi. Endi garchi 1 fevraldan stipendiyalarning bazaviy miqdori oshirilayotgan bo‘lsa-da, lekin mantiqan olganda stipendiyali to‘lov-kontraktni tanlagan talabalarning stipendiyasi oshirilmaydi. Chunki ular 428 ming so‘mga mo‘ljallab kontrakt to‘lagan;

bunday vaziyatda oshirilgan stipendiya olish uchun, ular kontraktiga qo‘shimcha to‘lov qilishiga to‘g‘ri keladi. Ya’ni fevraldan boshlab 7 oy uchun 42 ming 800 so‘mdan hisoblaganda jami 299 ming 600 so‘m qo‘shimcha to‘lov qilishi kerak. Ana shunda ular o‘quv yili oxirigacha oshirilgan stipendiya miqdorini — 470 ming 800 so‘mni olishi mumkin bo‘ladi;

agar stipendiyali to‘lov-kontraktni tanlagan talaba semestrda barcha fanlarni “5” bahoga yopsa, unda bazaviy stipendiyaga nisbatan 20% ustama oladi. Mana shu 20% qo‘shimcha rag‘batlantirish 1 fevraldan oshiriladigan stipendiya miqdoridan hisoblanadi. Boshqacha aytganda talaba sessiyani “5”ga yopsa, stipendiyasiga qo‘shimcha 94 ming 160 so‘m rag‘batlantirish oladi. Buning uchun hech qanday qo‘shimcha to‘lov qilish shartmas, faqat sessiyani "5" bahoga yopsa kifoya.


Stipendiyasiz to‘lov-kontraktni tanlagan talabalar uchun:

ularning to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘sha-o‘sha saqlanib qoladi, o‘zgarmaydi;

agar stipendiyasiz to‘lov-kontraktni tanlagan talaba semestrda barcha fanlarni “5” bahoga yopsa, unda 94 ming 160 so‘m (ilgari 85 ming 600 so‘m edi) stipendiya oladi. Demak, 10% ko‘tariladi. Buning uchun hech qanday qo‘shimcha to‘lov qilish shartmas;

qolgan hollarda stipendiyasiz kontraktni tanlaganlar uchun hech narsa o‘zgarmaydi, hozirgidek qoladi.

@xushnudbek

@Uzbek_students
2.1K views08:12
Ochish/sharhlash
2021-01-08 16:18:37
#talabalar_hayoti

Ikkoviyam kontrakt bólgan juftliklar

Talabalar safida bóling
:
@Uzbek_students
2.0K views13:18
Ochish/sharhlash
2021-01-08 13:58:05 11-yanvardan boshlanadigan an'anaviy ta'lim jarayonlariga oid so‘ngi ma'lumotlar

11-yanvardan kunduzgi va kechki ta'lim shaklidagi barcha talabalar uchun majburiy an'anaviy ta'lim jarayonlari boshlanadi. Fevral-mart oylarida o'qishini ko'chirib kelgan talabalar ham dushanbadan an'anaviy ta'limga qaytadilar.

Sessiya talabalar uchun oflayn shaklda kechadi, talabalar OTMga kelib sessiyada qatnashadilar. Oraliq va yakuniy nazorat ishlari yozma, amaliy va onlayn test shaklida o'tkaziladi. Aniqroq aytsak sessiya har yilgidek bo'ladi.

Sirtqi ta'lim shakli uchun darslar onlayn shaklda bo'ladi. Biroq sessiya oflayn shaklda topshirishlari mumkin. Sirtqi ta'lim shaklining onlayn yoki oflayn tarzda tahsil olishi OTM ixtiyorida qoladi. OTM o'z imkoniyatlaridan kelib chiqib qaror qiladi.

Talabalar o'qishga qaytgach 2020-2021 o'quv yili uchun to'lov kontrakt pulini to'lashlari lozim bo'ladi. Ayni vaqtda talabalarga kontrakt to'lovini to'lash majburlanmayapti. An'anaviy darslarga qaytgach kontrakt to'lash masalasi boshalanadi.

Onlayn ta'limda tahsil oladigan talabalar belgilangan dars soatida platformaga kirmasa NB qo'yiladi. Avvalgidek faqat davomat uchun xoxlagan vaqtida platformaga kirishiga yo'l qo'yilmaydi. Onlayn va oflayn ta'lim uchun alohida davomat yuritiladi. Belgilangan soat dars qoldirgan onlayn tahsil oluvchilar talabalar safidan chiqarilishi mumkin.

@Uzbek_students
2.3K views10:58
Ochish/sharhlash
2021-01-04 12:26:04
11-yanvardan barcha OTMlar an’anaviy ta’limga qaytadi

Barcha OTMlar tomonidan o‘quv jarayonini an’anaviy tarzda boshlash bo‘yicha grafik ishlab chiqilgan. Grafik asosida 2021 yil 11 yanvardan barcha OTMlarning tegishli kurslarida o‘quv jarayoni an’anaviy shaklda boshlanadi.

Ayrim betob yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarning o‘qishlari onlayn shaklda davom ettirilishi mumkin. Bu holatda OTMlar talabalarning sharoitlarini o‘rganib chiqadi. Barcha imkoniyatlari mavjud bo‘lgan talabalar an’anaviy ta’limga to‘liq jalb etiladi.

Haftalik o‘quv kunlari o‘quv rejasidagi haftalik yuklamalar asosida belgilanadi. O‘quv rejalaridagi fanlarga ajratilgan haftalik yuklamadan kelib chiqilsa, haftalik o‘quv kuni 5-6 kunga to‘g‘ri keladi. Bunda talabalarning kunlik yuklamasi ham oshib ketmasligi lozim.

@Uzbek_students
4.5K viewsedited  09:26
Ochish/sharhlash
2021-01-04 12:26:04 Rasman: To‘lov-kontrakt miqdorlari o‘zgarmaydi

Ayni daqiqalarda AOKAda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farxad Babashev ishtirokida brifing bo‘lib o‘tyapti. Unda sohaga oid jamoatchilikni qiziqtirgan eng dolzarb masalalarga oydinlik kiritiladi.

Ta’lim jarayonini tashkil etishda haftalik o‘quv kunlari OTMlar tomonidan mustaqil belgilanishi xususida

Haftalik o‘quv kunlari o‘quv rejasidagi haftalik yuklamalar asosida belgilanadi. Bugungi kunda o‘quv rejalaridagi fanlarga ajratilgan haftalik yuklamadan kelib chiqadigan bo‘lsak, haftalik o‘quv kuni 5-6 kunga to‘g‘ri keladi. Bunda talabalarning kunlik yuklamasi ham oshib ketmasligi lozim.

O‘quv jarayonini an’anaviy shaklida boshlash to‘g‘risida

Xabaringiz bor, barcha OTMlar tomonidan o‘quv jarayonini an’anaviy tarzda boshlash bo‘yicha grafik ishlab chiqilgan. Grafik asosida 2021-yil 11-yanvardan barcha OTMlarning tegishli kurslarida o‘quv jarayoni an’anaviy shaklda boshlanadi. Ayrim betob yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarning o‘qishlari onlayn shaklda davom ettirilishi mumkin. Bu holatda OTMlar talabalarning sharoitlarini o‘rganib chiqadi. Barcha imkoniyatlari mavjud bo‘lgan talabalar an’anaviy ta’limga to‘liq jalb etiladi.

To‘lov-kontrakt miqdorlari xususida

2021-yil 1-fevraldan boshlab respublikamizda ish haqi va stipendiyalar miqdorlari 10 foizga oshirilishi belgilandi.

Pandemiya sharoitida respublika aholisining to‘lov qobiliyati pasayganligini hisobga olib, farzandi davlat oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan oilalarga yengillik yaratish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy o‘quv yilidagi amaldagi to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘zgarishsiz saqlab qolinadi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati

@Uzbek_students
2.5K views09:26
Ochish/sharhlash
2021-01-03 15:58:26
QVZ - 2020 SUPER FINAL
ChEMPIONLAR KUBOGI

@Uzbek_students
2.5K views12:58
Ochish/sharhlash
2021-01-02 14:59:03
@Uzbek_students
2.2K views11:59
Ochish/sharhlash