Get Mystery Box with random crypto!

Rasman: To‘lov-kontrakt miqdorlari o‘zgarmaydi Ayni daqiqalar | Uzbek students| Talabalar blogi

Rasman: To‘lov-kontrakt miqdorlari o‘zgarmaydi

Ayni daqiqalarda AOKAda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farxad Babashev ishtirokida brifing bo‘lib o‘tyapti. Unda sohaga oid jamoatchilikni qiziqtirgan eng dolzarb masalalarga oydinlik kiritiladi.

Ta’lim jarayonini tashkil etishda haftalik o‘quv kunlari OTMlar tomonidan mustaqil belgilanishi xususida

Haftalik o‘quv kunlari o‘quv rejasidagi haftalik yuklamalar asosida belgilanadi. Bugungi kunda o‘quv rejalaridagi fanlarga ajratilgan haftalik yuklamadan kelib chiqadigan bo‘lsak, haftalik o‘quv kuni 5-6 kunga to‘g‘ri keladi. Bunda talabalarning kunlik yuklamasi ham oshib ketmasligi lozim.

O‘quv jarayonini an’anaviy shaklida boshlash to‘g‘risida

Xabaringiz bor, barcha OTMlar tomonidan o‘quv jarayonini an’anaviy tarzda boshlash bo‘yicha grafik ishlab chiqilgan. Grafik asosida 2021-yil 11-yanvardan barcha OTMlarning tegishli kurslarida o‘quv jarayoni an’anaviy shaklda boshlanadi. Ayrim betob yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarning o‘qishlari onlayn shaklda davom ettirilishi mumkin. Bu holatda OTMlar talabalarning sharoitlarini o‘rganib chiqadi. Barcha imkoniyatlari mavjud bo‘lgan talabalar an’anaviy ta’limga to‘liq jalb etiladi.

To‘lov-kontrakt miqdorlari xususida

2021-yil 1-fevraldan boshlab respublikamizda ish haqi va stipendiyalar miqdorlari 10 foizga oshirilishi belgilandi.

Pandemiya sharoitida respublika aholisining to‘lov qobiliyati pasayganligini hisobga olib, farzandi davlat oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan oilalarga yengillik yaratish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy o‘quv yilidagi amaldagi to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘zgarishsiz saqlab qolinadi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati

@Uzbek_students