Get Mystery Box with random crypto!

Temuriylar tarixi

Telegram kanalining logotibi uzb_temuriylar — Temuriylar tarixi T
Telegram kanalining logotibi uzb_temuriylar — Temuriylar tarixi
Kanal manzili: @uzb_temuriylar
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 882
Kanalning ta’rifi

Sohibqiron Amir Temur va Temuriylar haqida qiziqarli ma'lumotlar va kitoblar;videolar;rasmlar; tariximizda oʻtgan buyuk allomalar va hukmdorlar(sulolalar) haqida qiziqarli ma'lumotlar
Kanaldan maʼlumot olinganda manbasi koʻrsatilishi shart!

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2022-08-22 05:18:36 Jaloliddin Manguberdining halokati haqida uning dushmanlaridan boʻlmish Damashq hukmdori Malik al-Ashraf Musoga xabar berganlarida u shunday degan ekan: ,, Sizlar meni uning oʼlimi bilan qutlayapsizlarmi? Ammo hali sizlar buning azobini koʻrasizlar. Yaratgan nomila qasam ichib aytamanki, uning halokati totorlarning (moʻgʻullarning A.Ziyo) musulmonlarning yeriga bostirib kirishiga (yoʻl ochilishi) demakdir. Endi biz yajjuj va majjuj (yaʼni moʻgʻullar) oʻrtasida devor misol turib kelgan Xorazmshoh (Jaloliddin) singari lashkarboshi yoʻq".
Oʻzbek davlatchiligi tarixi
@UZB_TEMURIYLAR
723 viewsYUNUS, 02:18
Ochish/sharhlash
2022-08-22 04:28:16 Shu maʼnoda davlatimiz rahbarining Shohrux nomini tilga olgani tarixchilar uchun katta voqea, deb sanaymiz. Negaki, aynan Shohrux temuriylar xonadonining Amir Temurdan keyingi eng zabardast, yorqin, donishmand va bunyodkor vakili sanaladi. Sohibqirondan soʻng yemirilish yoʻliga tushgan buyuk saltanatning oʻzagini — hozirgi Oʻrta Osiyo, Gʻarbiy Xitoy, Afgʻoniston, Pokiston, Shimoliy Hindiston, Eron, Kavkaz, shuningdek, Iroq va Turkiyaning sharqiy boʻlaklarini oʻz ichiga olgan ulkan kenglikni oʻzbek davlati izmida saqlab qolgan Shohrux boʻladi. Oʻlimi yuz bergan 1447-yilga qadar, yaʼni qirq ikki yil mobaynida oqillik, donishmandlik, qatʼiyatlikka tayangan holda ichki va tashqi siyosat yuritgan.
Azamat Ziyo.
@UZB_TEMURIYLAR
416 viewsYUNUS, edited  01:28
Ochish/sharhlash
2022-08-21 13:09:51 ...Aslini olganda, Shohrux tinchliksevar inson, harbiy shon-shuhrat emas, sheʼriyat, sanʼat va ilm-fanning shaydosi edi. Qora Yusufning turkmanlariga qarshi kurashda akasi Mironshohning halok boʻlishi(1408), aynan shu Qora Yusuf tomonidan Bagʻdod sultoni Ahmad…
426 viewsSardorbek Abdusodiqov, 10:09
Ochish/sharhlash
2022-08-20 10:48:50 ...Aslini olganda, Shohrux tinchliksevar inson, harbiy shon-shuhrat emas, sheʼriyat, sanʼat va ilm-fanning shaydosi edi. Qora Yusufning turkmanlariga qarshi kurashda akasi Mironshohning halok boʻlishi(1408), aynan shu Qora Yusuf tomonidan Bagʻdod sultoni Ahmad Jaloyirning oʻldirilishi va shu yoʻl bilan temuriylarga dushman boʻlgan Gʻarbiy Eron va Iroqni oʻz ichiga olgan podshohlikni qoʻlga kiritishi kabi fojiaviy voqealar Shohruxni oʻz qoʻshiniga bosh boʻlib, Hirotdan yoʻlga chiqishga majbur qilardi.
  Zaruriyatlar qoʻl kelib, u janggohlardan gʻolib chiqa olishishi va qoʻshnilarining hurmat-eʼtiborini qozona olishni isbot etdi. Shu munosabat bilan u forscha bir gʻazal bitgan boʻlib, quyidagi misralar, shubhasiz, otasini ham bagʻoyat shod etgan boʻlardi
:
Jangchi jangga - qon olov ichra otiladi;
Jarohatlanib tulporining yoliga osiladi.
Gʻanimdan shavqat talab qilgan erkak erkakmi?
Aning boshiga itning kunlarni yogʻiladi.
Lyusen Keren

     1377-yilning 20-avgustida buyuk temuriyzoda, ilm-fan homiysi, oʻz davrida ,,xoqon saʼid" deya ulugʻlangan Shohrux Mirzo tavallud topgan kun
.

@UZB_TEMURIYLAR
647 viewsYUNUS, 07:48
Ochish/sharhlash
2022-08-19 12:52:45 https://telegra.ph/Sovet-atom-bombasi-loji%D2%B3asi-%D2%B3a%D2%9Bida-biz-bilmagan-sirlar-10-23
461 views•, 09:52
Ochish/sharhlash
2022-08-19 09:22:41
Mustafo Kamol Ataturk
Amir Temur xaqida nima degan.
492 views•, 06:22
Ochish/sharhlash
2022-08-19 07:01:28
Oʻtrorda moʻgʻul elchilari va savdogarlarining oʻldirilishi bilan boshlangan jarayon Xorazmshohlar davlatining yemirilishiga sabab boʻldi, yerlarining katta qismi moʻgʻullar qoʻliga oʻtdi. Xorazm yerlari Moʻgʻuliston chegarasiga kiritilgan boʻlsa-da, ayrim muammolarni hal qilib boʻlmadi. Eronga qochgan xorazmlik Muhammadni ushlay olmagani shular jumlasidan eng asosiysi edi. Bu muammoni hal qilish uchun uning orqasidan 25 ming kishilik otliqlar otryadi bilan Subutay va Cebe noyanlari yuboriladi. Bu yurish Muhammad Xorazmni qo‘lga olish uchun uyushtirilgan bo‘lsa-da, mo‘g‘ul qo‘mondonlari duch kelgan shaharlarni egallab olib, xorazmlik Muhammad vafotidan keyin o‘z faoliyatini davom ettirgani uchun u o‘z-o‘zidan razvedka operatsiyasiga aylanib ketdi.
430 views•, 04:01
Ochish/sharhlash
2022-08-18 20:01:44
Turkiya

Bugun va o‘tmish

@UZB_TEMURIYLAR
452 views•, 17:01
Ochish/sharhlash