Get Mystery Box with random crypto!

Xo'sh, Laylatul Qadrni, ya'ni Qadr kechasini boshqa kechalarda | TAFAKKUR

Xo'sh, Laylatul Qadrni, ya'ni Qadr kechasini boshqa kechalardan qanday ajratib olamiz?

Bu muborak va barokatli kechaning alomatlari quyidagilardir:

1. Qadr kechasida sokinlik hukm suradi. Atrof musaffo, yorug‘, xuddi sukunatga o‘ralgan yog‘duli oy charaqlab turgandek bo‘ladi.

2. Osmondagi yulduzlar uchmaydi, boshqa jismlar qaltis harakat qilmaydi. Kasalliklar paydo bo‘lmaydi.

3. Havo mo‘tadil bo‘ladi, juda issiq ham, juda sovuq ham bo‘lmaydi.

4. Ertalab quyosh qizarib, tog‘araga o‘xshash, yog‘dusi juda zaif bo‘lib ufqdan bosh ko‘taradi. Sababi o‘sha tun va kunda ko‘p farishtalar yerga tushib-chiqib turishi oqibatida quyosh nurlarini ham to‘sib qo‘yadi.

5. Qadr kechasida yomg‘ir-qor yog‘maydi, yog‘sa ham o‘ta mayin va yoqimli bo‘ladi. Sho‘r suvlar chuchuk bo‘ladi.

6. Daraxtlar o‘z shoxlarini yerga egiltirib turadi.

7. O‘sha kuni shaytonlar chiqishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Kanalga ulanish: Tafakkur

Facebook | Instagram | YouTube | TikTok