Get Mystery Box with random crypto!

UzASBO ДМ бўйича янгиликлар ва маълумотлар

Telegram kanalining logotibi uzasbouz — UzASBO ДМ бўйича янгиликлар ва маълумотлар U
Telegram kanalining logotibi uzasbouz — UzASBO ДМ бўйича янгиликлар ва маълумотлар
Kanal manzili: @uzasbouz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8.83K
Kanalning ta’rifi

- "UzASBO" ДМ бўйича маълумотлар бериш;
- дастурга киритилаётган янгилик, қўшимчаларни тезкор равишда етказиш
Мурожаатлар учун: @uzasbouzbot
Гуруҳ: @uzasbo_official
Иш ҳақи тўғрисида маълумот олиш: @oylikbot
Рус тилидаги канал: @uzasboru

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2021-12-10 12:16:26 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentyabrdagi 414-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Byudjet tashkilotlarini xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash) tartibining 11-bandida Xarajatlarning I va II guruhlariga kiritilgan byudjet tashkilotlari birinchi navbatda xarajatlarini moliyalashtiradi (to‘laydi). Bunda II xarajatlarning guruhiga tegishli mablag‘ o‘tkazmasdan I guruh xarajatlarini amalga oshirish taqiqlanadi (ish haqi uchun olingan avanslardan tashqari), deb belgilangan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2016-yil 22-dekabrda 2850-son bilan ro'yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining g‘azna ijrosi qoidalarining 11-bandida ham Buyurtmachilarning I va II guruh bo‘yicha xarajatlar to‘lovi birinchi navbatda amalga oshiriladi. Bunda I guruh xarajatlarini II guruh xarajatlari to‘lovisiz amalga oshirish taqiqlanadi (ish haqi uchun olingan avanslardan tashqari), deb ko'rsatilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, endilikda dasturda I va II guruh xarajatlari bo‘yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtma (so'rovnoma)ga nisbatan to'lov hujjatlarini elektron jo'natishda, agar unda ijtimoiy soliq summasi ham bo'lsa, dastlab uning to'lov topshiriqnomasi jo'natilgan va oplachen holatda bo'lishini tekshiriladigan qilindi. Aks holda, tegishli ogohlantirish chiqadi va to'lov hujjatlarini tasdiqlab bo'lmaydi.

#Dasturdagi_yangiliklar

Kanalga ulanish:
@uzasbouz
28.0K viewsedited  09:16
Ochish/sharhlash
2021-12-01 14:53:54 O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-sentyabdrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi Qonuniga asosan Farg‘ona viloyatining So‘x tumani, Rishton tumanining Cho‘ng‘ara mahallasi, shuningdek Farg‘ona tumanining Shohimardon, Yordon mahallalari va Hosilot mahallasining Toshtepa — 2 ko‘chasi soliq solishning alohida tartibiga ega O‘zbekiston Respublikasining alohida hududlari ekanligi belgilandi. O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida mehnat faoliyatini amalga oshirish chog‘ida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 1 foiz miqdorda hisoblanishi belgilab qo'yildi. Qonunchilikdagi mazkur o'zgarishni amaliyotda qo'llash uchun dasturga quyidagi qo'shimchalar kiritildi:

- salary.mdm.uz'ning Ma'lumotlar-Tashkilot ma'lumotnomasi-Xodimlar qismida ma'lumot kiritish oynasiga Daromad solig'idan imtiyoz tugmasi va ma'lumotlar ro'yxatiga shu nomli ustun qo'shildi. Bu tugma faqat yuqorida ko'rsatilgan hududlardagi byudjet tashkilotlaridagina ko'rinadi. Shu tugmaga bayroqcha qo'yilgan xodimlarda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i 1 foiz miqdorida hisoblab chiqariladi. Tashkilotning o'zi boshqa hududda joylashgan bo'lib, alohida hududda ishlaydigan xodimlari bo'lsa, unda faqat mazkur xodimlarda ushbu tugmaga bayroqcha qo'yiladi.

- Xodimning FIO, STIR, Daromad solig'idan imtiyoz, JSHSHIR, plastik karta hisobraqami va bankdagi FIO kabi ma'lumotlariga kiritilgan o'zgarishlar dastur xotirasida saqlanib boradi. Endi mazkur o'zgarishlar tarixida uni amalga oshirgan foydalanuvchining FIO ham ko'rinadigan qilindi. Bu dastur foydalanuvchilari o'zlariga berilgan loginlardan to'g'ri foydalanishini ta'minlashga ham xizmat qiladi.

Qonunda mazkur o'zgarishning 2021-yil 1-yanvardan e’tiboran yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etilishi ko'rsatilgan. Bu shu vaqtgacha hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ining xodimlarga qaytarib berilishi kerakligini bildiradi.

#Qonunchilikdagi_yangiliklar #Dasturdagi_yangiliklar

Kanalga ulanish:
@uzasbouz
20.9K viewsedited  11:53
Ochish/sharhlash
2021-11-03 09:23:12 2021-yildan boshlab debitorlik va kreditorlik qarzlar to'g'risidagi ma'umot hisobotini shaxsiy g'azna hisobvaraqlar kesimida tuzish joriy qilindi. Endilikda moliyaviy hisobotni qabul qiluvchilar E-Hisobotlar-Debitorlik va kreditorlik qarzlar to'g'risidagi ma'lumot (Qabul qilish) qismida hisobotlarini qabul qilishsa, tashkilotlarning E-Hisobotlar-Debitorlik va kreditorlik qarzlar to'g'risidagi ma'lumot (SHG'H kesimida) tuzgan hisobotlari ham Otchyot prinyat holatga o'tadigan qilindi, agar bekor qilinsa tegishli hisobotlar Ne prinyato bo'lib qaytib keladigan qilindi. Mazkur holatda quyidagilarga e'tibor qilish kerak:

1. Hisobot qabul qiluvchilar tashkilotlarning hisobotlarini qabul qilishsa yoki bekor qilishsa, tegishli hujjat ma'lum muddat Ojidaniye holatda qoladi. Chunki SHG'H kesimida tuzilgan hisobot DMBAT DMga jo'natiladi. Hisobot qabul qilinganda yoki bekor qilinganda uning holatini o'zgartirish bo'yicha so'rov DMBAT DMga jo'natiladi va unga javob kelguncha vaqt ketadi.

2. SHG'H kesimida tuzilgan hisobotda summalar xato kiritilgan holatda jo'natilgan bo'lsa, E-Hisobotlar-Debitorlik va kreditorlik qarzlar to'g'risidagi ma'lumot qismidagi hisobotni ham tuzish va jo'natish kerak bo'ladi. Shundan so'ng yuqori turuvchi tashkilot mazkur hisobotni qaytarsa, yuqorida aytilganidek SHG'H kesimida tuzilgan hisobot ham qaytib keladi (DMBAT DMda SHG'H kesimida tuzilgan debitorlik va kreditorlik qarzlar to'g'risidagi ma'lumot hisobotini qaytarish vakolati olib tashlanganligi, shuningdek byudjet darajasi respublika bo'lgan SHG'Hlar bo'yicha tuzilgan hisobotlarni qaytarishga mas'ullarni topishda muammolar bo'layotgani uchun mazkur tartibdan foydalansa bo'ladi.)

3. E-Hisobotlar-Debitorlik va kreditorlik qarzlar to'g'risidagi ma'lumot qismidagi hisobotni jo'natishda tegishli davr uchun balans moliyaviy hisoboti tasdiqlangan bo'lishini tekshiradigan cheklov mavjud edi, 2-banddagi tartib ishlashi uchun mazkur cheklov olib tashlandi.
Avval aytilganidek, tashkilotlarga qulaylik bo'lishi uchun Debitorlik va kreditorlik qarzlar to'g'risidagi ma'lumot hisobotida To'ldirish tugmasi bosilsa, Provedeno holatdagi SHG'H kesimida tuzilgan debitorlik va kreditorlik qarzlar to'g'risidagi ma'lumot hujjatlari asosida ham ma'lumot chiqadigan qilingan (Yuborilgan Debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumot (SHGʻH kesimida) hisobotining g'azna holati Odobren yoki Prinyatga o'zgargandan so'ng Debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumot hisobotini tasdiqlash mumkin. Chunki hisobotni tasdiqlashda faqatgina Odobren va Prinyat holatdagi hujjatlargina inobatga olinadi. Aks holda hisobotda summalar chiqmaydi). Shu orqali tashkilot Balansdagi va Debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumot hisobotidagi summalar o'zaro mos kelishini tekshirib ko'rishi, qarzdorlik summalari qanchalik to'g'riligini analiz tugmasi bosilganda chiqadigan ma'lumot orqali tahlil qilishlari mumkin (balans hisobotini tasdiqlashda qanday cheklovlar mavjudligi bilan bu yerda to'liq tanishib chiqish mumkin.) Aks holda hisobotlarni qayta-qayta qaytartirib to'g'rilashga to'g'ri kelib qolishi mumkin.

#Dasturdagi_yangiliklar #Tushuntirishlar

Kanalga ulanish:
@uzasbouz
23.6K viewsedited  06:23
Ochish/sharhlash
2021-10-13 13:46:27 UzASBO DMga xodimlarning telefon raqamlarini kiritib chiqish zarurligi bo'yicha dasturga kirganda ogohlantirish chiqyapti, shuningdek mazkur xatning o'zi ham kanalga qo'yildi. Bunda quyidagilarga e'tibor berish kerak:

1. Faqat ishlaydigan xodimlarning telefon raqamlari kirtilishi zarur, ishdan ketganlarniki shart emas. Telefon raqami zp.uzasbo.uz'ning Ma'lumotlar-Tashkilot ma'lumotnomasi-Xodimlar qismida xodimning ma'lumotidagi SMS-xabarnoma joyiga kiritilishi zarur. Telefon raqami kiritilmagan xodimlarni zp.mdm.uz'ning Otchyoti-Uchet kadrov-Reyestr sotrudnikov qismiga kirib aniqlash mumkin. Bu yerga kirilganda Ne pokazat uvol. sotr. ya'ni ishdan ketgan xodimlarni ko'rsatma tugmasiga bayroqcha qo'yiladi va Obnovit tugmasi bosiladi. Shundan so'ng chiqqan ma'lumotning eng so'nggida Tel. ustuni bor, shu yerda kimlarga kiritilmaganini aniqlash mumkin. Agar bu yerda ishdan ketgan xodimlar ham chiqayotgan bo'lsa, ularni Dokumenti-Uchet kadrov-Uvolneniye sotrudnika qismiga kirib, ishdan bo'shatish kerak bo'ladi.

2. Xodimlarning haqiqatda ishlatadigan telefon raqamlarini kiritish kerak. Chunki Farmonda byudjet tashkilotlari xodimlariga har oyda ularning ish haqi to'g'risida SMS xabarnoma yuborish tizimini joriy etish nazarda tutilgan. Agar xodimning telefon raqami xato kiritilgan yoki umuman kiritilmagan bo'lsa va natijada xodimning ish haqisi to'g'risida SMS xabarnoma boshqa shaxslarga borsa yoki umuman bormasa, buxgalteriya va xodimlar orasida tushunmovchiliklar yuzaga keladi. Hisobchi esa SMS xabarnomani qayta yuborish imkoniga ega emas.

3. Bir telefon raqamni faqat bitta xodimga ko'rsatish mumkin. Agar xodim turli tashkilotlarda ishlasa va ularning barchasida uning ma'lumotida bitta jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami - JSHSHIR kiritilgan bo'lsa, unda ularning barchasida bitta telefon raqamni ko'rsatsa bo'ladi. Ya'ni dastur telefon raqami takror kiritilmasligini JSHSHIR orqali nazorat qiladi. Shu sababli agar xodimning telefon raqamini kiritishda mazkur raqam boshqa tashkilotdagi xodimda ham ko'rsatilganligi bo'yicha ogohlantirish chiqsa, yoki bu telefon raqami haqiqatda boshqa xodimda ham ko'rsatilgan bo'ladi yoki mazkur xodimning JSHSHIR boshqa tashkilotda xato kiritilgan bo'ladi. Bunda o'sha tashkilot bilan bog'lanib holat to'g'rilanadi.

4. Xodimlarga hisoblangan ish haqi to'g'risida ularga ma'lumot berish tashkilotning majburiyati hisoblanadi. Bu bo'yicha avval ham ma'lumot berilgandi. Shu sababli mazkur jarayonning zamonaviy texnologiyalar asosida amalga oshirilishiga e'tibor bilan yondoshing, chunki Farmonda SMS xabarnoma jo'natish xarajatlari O'zbekiston Respublikasi respublika byudjeti hisobidan moliyalashtirilishi belgilangan.

#Tushuntirishlar

Kanalga ulanish:
@uzasbouz
32.0K viewsedited  10:46
Ochish/sharhlash
2021-10-11 14:41:45 Xodimning UzASBO DMga notoʻgʻri kiritilgan STIR (INN) yoki SHJBPH (INPS)ni toʻgʻrilash

Savol: Xodimning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR yoki SHJBPH yoki INPS) yoki STIR dasturga notoʻgʻri kiritilgan ekan. Endi shuni Ma'lumotlar-Tashkilot ma'lumotnomasi-Xodimlar qismida oʻzgartirishda Bir marta «His. mehnatga haq toʻlash tarzidagi dar-dlar, JSHDS va SHJBPHga toʻl. badallar toʻgʻ. maʼlumot» hisoboti tuzilgan xodimning INPS raqamini oʻzgartirib boʻlmaydi (Bir marta „Har bir jismoniy shaxs kesimida byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga hisoblangan sugʻurta badallari summalari toʻgʻrisida maʼlumot“ hisoboti tuzilgan xodimning STIRini oʻzgartirib boʻlmaydi) deb ogohlantirish chiqyapti. Buni qanday toʻgʻrilanadi?

Javob: Buni toʻgʻrilash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Xodim ishga qabul qilingan va ish haqi hisoblangan dastlabki oy aniqlab olinadi.
2. zp.uzasbo.uz ning Hujjatlar-Elektron hisobot-His. mehnatga haq toʻlash tarzidagi dar-dlar, JSHDS va SHJBPHga toʻl. badallar toʻgʻ. maʼlumot qismiga kiriladi va shu xodim qatnashgan hujjatlar bekor qilinadi. Agar yuqoridagi ogohlantirish xodimning STIRni o'zgartirishda chiqayotgan va bu xodimga 2019-yildan avval ham ish haqi hisoblangan bo'lsa, unda zp.mdm.uz ning Dokumenti-Elektronnie otcheti-Informatsiya o summax nachislennix straxovix vznosax grajdan qismiga ham kiriladi va xodimga oylik hisoblangan oygacha boʻlgan barcha hisobotlar Otmenit provodku qilib chiqiladi. Yaʼni shu xodimning maʼlumoti tegishli hisobotga tushgan dastlabki oygacha boʻlgan davrdagi barcha hisobotlar bekor qilinadi. Bunda yuqoridan pastga qoidasi asosida ish koʻriladi, yaʼni dastlab 2018-yil aprel, soʻngra 2018-yil mart, 2018-yil fevral, 2018-yil yanvar, 2017-yil dekabr va h.
3. So'ngra zp.uzasbo.uz'ning Ma'lumotlar-Tashkilot ma'lumotnomasi-Xodimlar qismiga qaytadan kiriladi va xodimning JSHSHIR (SHJBPH yoki INPS) yoki STIR oʻzgartiriladi.
4. Qaytadan yuqorida bekor qilingan tegishli hisobotlar Provesti qilib chiqiladi. Endi esa pastdan yuqoriga qoidasi asosida ish koʻriladi, yaʼni dastlab 2017-yil dekabr, soʻngra 2018-yil yanvar, fevral, mart va h.
5. Mazkur davrlar uchun tegishli soliq hisobotlariga qayta hisobot (Pereraschet) topshiriladi. Chunki avval shu xodimning JSHSHIR (SHJBPH yoki INPS) yoki STIR notoʻgʻri koʻrsatilib hisobot topshirilgan va bu kelgusida xodimning pensiyaga chiqishida, ish haqisi to'g'risida ma'lumotlar elektron olinadigan holatlarda muammoga sabab boʻlishi mumkin.

#Tushuntirishlar

Kanalga ulanish:
@uzasbouz
32.4K viewsedited  11:41
Ochish/sharhlash
2021-10-06 08:42:20 Barcha byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag' oluvchilar tomonidan UzASBO DMga ishlovchi xodimlarning mobil telefon raqamini kiritilganligini xatlovdan o'tkazishlari kerakligi va kelgusida telefon raqami kiritilmagan xodimlar bo'lgan taqdirda ish haqi hisoblashga cheklov qo'yilishi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 28-sentyabrdagi VC21218234-sonli xati

Kanalga ulanish:
@uzasbouz
53.5K viewsedited  05:42
Ochish/sharhlash
2021-09-29 13:35:01 Savol: O'rindoshlik asosida ishlovchi xodimga homiladorlik va tug'ish bo'yicha nafaqa asosiy ish joyidan to'lab berilishi kerakmi?

Javob: Yo'q. O'rindoshlik joyining o'zidan to'lab beriladi. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom (ro'yxat raqami 1136, 2002-yil 8-may)ning 60-bandida Xodim asosiy ish joyidan tashqari o‘sha yoki boshqa korxonada o‘rindoshlik asosida (shu jumladan yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxs sifatida) ishlasa, nafaqa barcha ish joyidagi umumiy ish haqidan hisoblab chiqariladi, deb belgilangan. Lekin bugungi kunda mazkur bandga amal qilinmaydi. Chunki mazkur normativdan so'ng chiqqan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktyabrdagi 297-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida nizomning 18-bandida O‘rindoshlar o‘rindoshlik asosidagi ish joyi bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi olish, ayollar esa, bundan tashqari, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari olish huquqiga egadir, deb ko'rsatilgan. Shunigdek, 19-bandda Sog‘liqni saqlash muassasasi tomonidan berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi ushbu Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan o‘rindoshlik asosidagi ish joyidan nafaqa olish uchun asos hisoblanadi, deb belgilangan. Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risidagi yo'riqnoma (ro'yxat raqami 2667, 2015-yil 17-aprel)ning 19-bandida ham O‘rindoshlik asosida ishlovchi xodimga o‘rindoshlik bo‘yicha ishlaydigan ish joyiga taqdim qilishi uchun asosiy ish joyiga taqdim qilinadigan mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasining davolash-profilaktika muassasasi bo‘lim mudiri tomonidan tasdiqlangan nusxasi beriladi, deb ko'rsatilgan.

Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom ro'yxatdan o'tkazilgan vaqtda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalar byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to'lanardi va shu sababli ham bir shaxsga bitta ish joyidan to'lanishi uchun tegishli hujjatlar taqdim etilishi qulayroq bo'lgan bo'lsa kerak. Bu tartib uning 1-bandida ham ko'rsatilgan bo'lib, 2007-yil 1-yanvardan boshlab vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlarga nafaqa to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar:
Byudjet tashkilotlari tomonidan — mehnat haqi jamg‘armasiga ajratiladigan byudjet mablag‘lari doirasida;
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan — foyda solig‘ini hisoblashda mazkur xarajatlar soliqqa tortiladigan bazadan chiqarib tashlangan holda shaxsiy mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilangan. Homiladorlik va tug'ish bo'yicha nafaqalar esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son qarori 24-bandi bilan 2010-yildan boshlab ish beruvchilar hisobidan amalga oshirilib kelinyapti va mazkur bandning amal qilishi doimo uzaytirib kelinyapti.

Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizomga qonunchilikdagi so'nggi o'zgarishlardan kelib chiqib tegishli qo'shimchalar kiritilmaganligi mana shu kabi tushunmovchiliklarga sabab bo'lyapti. Qolaversa, ushbu normativda bundan boshqa muammolar ham yetarlicha.

#Tushuntirishlar

Kanalga ulanish:
@uzasbouz
21.8K views10:35
Ochish/sharhlash
2021-08-24 12:29:18 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini taqdiqlash toʻgʻrisida 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarorining 4-bandiga Bunda oʻqituvchilar yozgi yillik mehnat taʼtilidan qaytgandan keyin ularga yangi oʻquv yili boshlangunga qadar daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik hamda informatika kabineti mudirligi uchun qoʻshimcha haq toʻlovlari amalga oshirilmaydi. deb yangi xatboshi qoʻshildi. Mazkur oʻzgarish asosida ish koʻrish uchun:

1. Daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun toʻlov hisoblanmasligi uchun Dokumenti-Uchet kadrov-Tabel dlya obrazovatelnix uchrejdeniy qismida umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchilari uchun tabel tuzishda Obich. Prov-ka tetrad. (Mesyachnaya) va Malokomp. Prov-ka tetrad. (Mesyachnaya) ustunida chiqadigan soatlarni oʻchirib yuborish kerak boʻladi.

2. Informatika kabineti mudirligi uchun toʻlov hisoblanmasligi uchun Dokumenti-Nachisleniye zarplati-Otmenit planovix vidov rascheta qismida mazkur toʻlov turini bekor qilish boʻyicha hujjat kiritilishi kerak boʻladi. Bunda xodimni ro'yxatga Dobavit tugmasi orqali qo'shilmaydi, balki Zapolnit tugmasi bosilsa tegishli ustama to'lanayotgan xodimlar avtomatik tarzda chiqadi.

Mazkur oʻzgarish natijasida koʻpchilikda quyidagi savollar yuzaga kelyapti:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisida nizom 10-bandi bilan yozma ishlarni tekshirish, oʻquv va laboratoriya kabineti mudirligi uchun qoʻshimcha toʻlov toʻlanishi belgilangan. Lekin mazkur bandga hech qanday oʻzgartirish kiritilmadi. Xalq taʼlimi va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida qanday farq borki, bir davr uchun bittasida qoʻshimcha toʻlov toʻlanmaydi, ikkinchisida toʻlanadi?
2. Avvalgi yillarda oʻqituvchilarga yozgi yillik mehnat taʼtilidan qaytgandan keyin ularga yangi oʻquv yili boshlangunga qadar daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik hamda informatika kabineti mudirligi uchun toʻlov toʻlanmagan boʻlsa, bu qo'shimcha to'lovlarni toʻlab berishi kerak boʻladimi? Shuningdek, shu vaqtgacha nazorat qiluvchi organlar yuqoridagi toʻlovlarni mazkur davr uchun toʻlab berganlarni xato qilishgan deb dalolatnoma tuzishgan boʻlsa, buning uchun endilikda kim javobgar boʻladi? Chunki Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risidagi Qonunning 40-moddasida "normativ-huquqiy hujjatlar, agar hujjatlarning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi" deb belgilangan.

#Qonunchilikdagi_yangiliklar #Tushuntirishlar

Kanalga ulanish:
@uzasbouz
23.8K views09:29
Ochish/sharhlash
2021-08-04 16:09:24 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14 noyabrdagi 2020-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo'shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko'chirish to'g'risidagi PF-5875-son Farmonining 3-bandida 2020-yil 2-yanvar payshanba va 2020-yil 31-avgust dushanba kunlari barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qatʼi nazar, dam olish kunlari hisoblanishi belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi 2021-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisidagi PF-6122-son Farmonining 3-bandiga muvofiq quyidagi kunlar ham barcha xodimlar uchun, ish haftasining turidan qat’i nazar, dam olish kunlari hisoblanishi belgilangan:
2-yanvar — shanba;
20-mart — shanba;
22-mart — dushanba;
15-may — shanba;
21-iyul — chorshanba;
22-iyul — payshanba;
4-sentyabr — shanba.

Moliya vazirligi Axborot Hisoblash markazining yuqoridagi kunlar mehnat ta'tili hisoblashda inobatga olinish yoki olinmasligi bo'yicha murojaatiga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hisobga olinishi kerakligi bo'yicha xulosa bergan. Endilikda dasturda ham mehnat ta'tili hisoblashda yuqorida keltirilgan kunlar hisobga olinadigan bo'ldi.

#Dasturdagi_yangiliklar

Kanalga ulanish:
@uzasbouz
29.8K viewsedited  13:09
Ochish/sharhlash
2021-07-08 13:17:23 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi PF-6208-son farmonining 3-bandiga asosan 2021-yil 1-maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va oʻziga, shu jumladan, ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli boʻlmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy taʼlim muassasalari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan toʻlanadigan oylik ijara toʻlovining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan qoplab berilishi belgilandi. Mazkur maqsadlar uchun xarajatlar smetasida 4721500 - uy-joy kommunal xizmatlar bo'yicha har oylik kompensatsiya to'lovlari iqtisodiy tasnif kodiga tegishli mablag'lar rejalashtirildi.

Mazkur to'lovlarni talabalarga to'lab berish uchun zp.mdm.uz ning Dokumenti-Raschyot zarplati-Platejnaya vedomost (Plastikovaya kartochka) (agar naqd pulda to'lanishi kerak bo'lsa Platejnaya vedomost (Vidacha nalichnix den. sredstv) qismiga kiriladi. To'lov turida Prochiye viplati (Komandirovochniye, Alimenti i dr.) tanlanadi va ro'yxatga tegishli talabalar qo'lda kiritib chiqiladi. So'ngra so'rovnoma tuzishda ham Prochiye tipi tanlanadi va tegishli tartibda g'aznachilik organlariga elektron tarzda jo'natilib, unga nisbatan to'lov topshiriqnomasi ham tuziladi.

#Qonunchilikdagi_yangiliklar #Tushuntirishlar

Kanalga ulanish:
@uzasbouz
18.8K views10:17
Ochish/sharhlash