Get Mystery Box with random crypto!

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi | UzASBO ДМ бўйича янгиликлар ва маълумотлар

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-son O'zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi Farmonida Navro‘z umumxalq bayrami, Mustaqillik kuni va Yangi yil bayrami hamda Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) diniy bayramlarini nishonlash davrida qo‘shimcha va ko‘chirish hisobiga ishlanmaydigan kunlar uch kundan kam bo‘lmagan muddatga belgilanishi ko'rsatilgan. Mos ravishda har yili kelgusi yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida prezident Farmoni qabul qilinyapti. Lekin qaysi kunlar dam olish kuni, qaysilari ish kuni ekanligi, bunda haftasiga besh yoki olti kun ishlaydiganlarda vaziyat qanday bo'lishi haqida ko'plab tushunmovchiliklar yuzaga kelyapti. Natijada bu bo'yicha OAVlarda, ijtimoiy tarmoqlarda ma'lumotlar chiqarilyapti. Endilikda UzASBO DM foydalanuvchilariga bunday ma'lumotlar mutlaqo kerak emas, chunki zp.uzasbo.uz dasturiga kirganda dasturda mavjud ish vaqti grafiklari bo'yicha ish vaqti me'yorining davomiyligi qanchani tashkil etishi yuzasidan ma'lumot chiqadigan qilindi. Mazkur yangilikning quyidagi qulayliklari mavjud:

- 2018-2022 yillardagi istalgan oydagi ish vaqti me'yorining davomiyligi qanchaligini bilish mumkin. Bunda dasturga kirganda avtomatik tarzda 6 kun 40 soatlik ish vaqti grafigining tegishli oydagi soatlari chiqadi. Bu yerda ish vaqti grafigi, oy va yilni o'zgartish orqali boshqa grafiklardagi ish vaqti me'yorining davomiyligini ham ko'rish mumkin;

- Tanlangan yil, oy va ish vaqti grafigi bo'yicha bir oydagi jami ish kunlari va soatlari bo'yicha ham ma'lumot chiqadi. Shuningdek, dam olish kuni bo'lgan kunlar qizil rangda chiqadi;

- Ish vaqti grafiklari ro'yxatining eng pastida Mehnat ta'tili kunlari uchun nomli grafik ham bo'lib, bunda mehnat ta'tili hisoblashda qaysi kunlar hisobga olinishi bo'yicha ma'lumot chiqadi, undagi soatlarga e'tibor qilinmaydi. Mehnat ta'tili hisoblashda ham bir qancha tushunmovchiliklar bo'lib, bu bo'yicha avval ma'lumot bergandik;

- Kadrlar bo'limiga tabel to'ldirishda, navbatchilik asosida ishlaydiganlarga nima uchun ish soati bir xil bo'lsa-da, ish haqi miqdori oylar bo'yicha turlicha ekanligini tushuntirish kabi turli boshqa holatlardayam mazkur yangilik katta yordam beradi.

#Dasturdagi_yangiliklar

Kanalga ulanish:
@uzasbouz