Get Mystery Box with random crypto!

BMT Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi 47/3-sonli r | O’zagrolizing

BMT Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi 47/3-sonli rezolyutsiyasiga muvofiq har yili 3 dekabr kuni butun dunyoda Xalqaro nogironlar kuni nishonlanadi.

Ushbu kunni o‘tkazishdan maqsad nogironligi bo‘lgan shaxslar muammolariga jamoatchilik e’tiborini qaratishdan iborat boʻlib, dunyoning turli mamlakatlarida nogironligi bo‘lgan shaxslar muammolariga jamiyat e’tiborini qaratish, ularning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan tadbirlar: seminarlar, anjumanlar, festivallar, ko‘rgazmalar, konsertlar, uchrashuvlar, aksiyalar o‘tkazib kelinmoqda.

Sana munosabati bilan “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati jamoasi nomidan Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumanidagi 78-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab iternatida ta’lim olayotgan bolalar holidan xabar olindi.

Jamiyat tomonidan tayyorlangan kamtarona sovgʻa-salomlar Maktab internati mas’ullariga yetkazildi.

Salomatligida nuqsoni boʻlishiga qaramay bolajonlar oʻzlarining go‘zal raqslari, yurtimizga boʻlgan mehr-muhabbatlarini qo‘shiqlari va she’rlari orqali ifoda etdilar.

Tadbir yakunida ezgu tilaklar bildirilib, “Oʻzagrolizing” AJ Boshqaruv raisi hamda butun tizim xodimlarining tabriklari bolajonlarga yetkazildi.

“O‘zagrolizing” AJ
Matbuot xizmati