Get Mystery Box with random crypto!

AQSHga halokatli tornado yopirildi AQSHning Missisipi va Alab | O‘zbekiston 24 | TEZKOR YANGILIKLAR

AQSHga halokatli tornado yopirildi

AQSHning Missisipi va Alabama shtatlarida halokatli tornado oqibatida kamida 26 kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda Milliy jamoatchilik radiosi.

Qayd etilishicha, shamolning tezligi soatiga 129 kilometrga yetgan, talafotdan jabr ko‘rgan hududlarga yomg‘ir va katta do‘l yog‘gan. Shuningdek, yuzlab binolar vayron bo‘lgan, minglab uylar elektr energiyasiz qolgan.

Missisipi gubernatori Teyt Rivz favqulodda holat e’lon qildi. U AQSH prezidenti Jo Bayden bilan suhbatlashgan va davlat rahbari bo‘rondan so‘ng federal hukumatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni taklif qilgan. Qutqaruv ishlariga yordam berish uchun favqulodda vaziyatlar xodimlari hamda resurslar shtatga yuborilgan.

Milliy ob-havo xizmati ma’lum qilishicha, zarar ko‘rgan hududlarga jiddiy ob-havo tahdidi shanba oqshomiga qadar davom etgan, yakshanba kuni yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Umuman olganda, tornado taxminan 250 kilometr hududga cho‘zilgan va bir soatdan ko‘proq davom etgan. “
PowerOutage.us” ma’lumotlariga ko‘ra Missisipi, Alabama va Tennessi shtatlarida 40 mingdan ortiq aholi elektr energiyasidan mahrum bo‘lgan.

Eslatib o‘tish mumkin, 2022-yil aprel oyida AQSHning Florida shtatida sodir bo‘lgan “Ian” to‘foni kamida 77 kishining hayotiga zomin bo‘lgan edi.


@UZ24YANGILIK- eng  tezkor xabarlar kanaliga obuna bo‘ling!