Get Mystery Box with random crypto!

Uyqumashguloti

Telegram kanalining logotibi uyqumashguloti — Uyqumashguloti U
Telegram kanalining logotibi uyqumashguloti — Uyqumashguloti
Kanal manzili: @uyqumashguloti
Toifalar: Kurslar va rahbarlik
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.34K
Kanalning ta’rifi

Mashg'ulot haqida toʻliq ma'lumot: @uyqu_manager
Yana bir kanalimiz: @Saranjom_beka

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 25

2023-02-02 13:29:06 "OROM UYQU" KURSI NIMA UCHUN KERAK?

Savollar

Farzandingiz kech uxlaydimi?

Farzandingiz uyqusida buzilishlar bormi?

Tunda tez tez uyg'onadimi?

Tinimsiz oziqlanishni hohlidimi?

Erta uyg'onib kun davomida uyqusizlikdan qiynaladimi?

Kunduzgi uyqulari qisqami?

Uyqusi almashganmi?

Kechasi uyg'onganida 1-2 soatlab uyg'oq yuradimi?

Barcha uyqulari tabtibsizmi

Uxlatish uchun yordamingiz kerakmi? (Tebratish, silkitish, koptokta sakrash va hokazo..)

Uyquga ketishda yig'ilar va qarshiliklar bilan uxlaydimi?


AGAR SIZ YUQORIDAGI SAVOLLARNI 1 YOKI 1 NESHTASIGA "HA" JAVOBINI BERGAN BO'LSANGIZ, FARZANDINGIZGA TO'G'RI UYQU BERISH VAQTI KELDI.

Sizga "OROM UYQU" kursi zarur

Murojaat uchun: @uyqu_manager

@uyqumashguloti
4.4K viewsedited  10:29
Ochish/sharhlash
2023-02-02 12:39:55 "Orom Uyqu" kursi haqida

Uyqu mashg'uloti, xorijlik mutahasislardan tahsil olgan NODIRA ADHAMOVA tomonidan tashkil etilgan.

NODIRA ADHAMOVA shu kungacha "uyqu mashgʻuloti" kanali yordamida 4mingdan ortiq ona-bolalarni "OROM UYQU"ga erishishlariga sababchi bo'ldi.

“OROM UYQU" KURSIMIZDA:

Bolaning to'g'ri uyqu faoliyati;

Uyquga qanday yotqizish;

Bola uyg'onganida qanday yo'l tutish;

Tungi oziqlanishini bosqichma-bosqich me’yorga keltirish;

Tungi uygʻonishlarini qanday toʻgʻri yoʻl tutish;

Kunduzgi qisqa uyqularni uzaytirish;

Tishlari chiqayotganda, betob bo'lganda, emlanganda ham rejimni birdek qo'llash;

Dam olishga chiqqanida, mehmonga borgandagi uyqu mashgʻuloti;

Uyqusi almashganda qanday yo'l tutish;

Kursda tayyor darslik yuboriladi va shu darsliklar asosida 14kun guruhda aloqamiz davom etadi .
Kursimizda:
3-36oylik (3yosh) gacha chaqaloqlarimizni to'g'ri uyqu faoliyatiga oʻrgatamiz.

(Kursdan tashqari har bir onalar bilan alohida ishlaydigan tarifimiz ham bor. Bu tarifda ham 3 oydan 36 oygacha bo'lgan bolajonlar qatnashishlari mumkin.)

Kurs narxi: tariflarga qarab belgilanadi.

Kursimizda odam soni koʻp boʻlmaydi. Muhimi natija.



Kursga yozilish uchun: @uyqu_manager

Kanal: @uyqumashguloti
4.6K views09:39
Ochish/sharhlash
2023-02-02 09:14:42
Savollarni shu post tagiga qoldirishingiz mumkin.
Eng aktual bo'lgan savollar tanlab olinib, javob beriladi.

Albatta, reaksiyalarni unutmang, Azizlarim

Savol berishga shoshilmasdan, tushunarli qilib yozishga harakat qiling, javobsiz qolmasligi uchun.

@uyqumashguloti
5.0K viewsedited  06:14
Ochish/sharhlash
2023-02-02 06:14:16 Har qanday onaga chaqaloq parvarishida yordamchi kerak. Mana shunday yordamchi barchamizda bor. Ishonmaysizmi, unda postni oxirigacha o’qing va sizga foydali bo’lgan bo’lsa, yaqinlaringizga ham bu foydani ulashing.

Hoop, bu yordamchi kim ekan ?  Bu melatonin gormoni, ya’ni “uyqu gormoni”.

Melatonin – bu taxminan chaqaloq dunyoga kelgandan so’ng 3-oylarda organizmda sintezlana boshlaydigan gormon. Melatonin har qanday vaqtda ham organizm tomonidan ishlab chiqarilavermaydi, u sikl bilan, yanayam aniqroq aytadigan bo’lsak, sutkalik ritmga qarab ajraladi.

BU MUHIM Melatonin – bu tungi gormon, uning sintezi uchun qorong’ulik juda katta ahamiyatga ega, yorug’lik esa “uyqu gormoni” ajralishi uchun halaqit qiladigan omil hisoblanadi.

Melatonin har kuni, tahminan,  kechki soat 7-8 lar oralig’ida faol ishlab chiqarilishni boshlaydi.

Soat tungi 2 dan to 4 gacha bo’lgan chuqur uyqu vaqti oralig’ida melatonin gormoni konsentratsiyasi maksimal darajada oshadi.

Ertalab, ya’ni yorug’lik tushishi bilan uyquchanlik organizmni tark etadi, melatoninning qondagi miqdori darrov pasayadi va organizmda kun mobaynida juda past ko’rsatkichda qoladi.

Qachonki melatonin qon tarkibida yetarli darajada bo’lsa, odam tanasidagi barcha mushaklar bo’shashadi, qon tarkibidagi glyukoza konsentratsiyasi tushib ketadi, organizmdagi protsesslar sekinlashadi, tana harorati biroz pasayadi va natijada organizmda kuchli uyquchanlik boshlanadi. Agar bu vaqtda uyquga yotilsa, uyquga ketish osonlashadi. 3 oylikdan to 5 yoshgacha bo’lgan bolalarda 19-20.30 oralig’ida kerakli bo’lgan gormon konsentratsiyasi to’planib bo’ladi va bunday “to’g’ri vaqtda” bola uxlasa, uyqusi maroqli, sokin va uzilishlarsiz bo’ladi.

Agar uyqu vaqti kelganida organizm aktiv holatida bo’lsa, qondagi melatonin miqdori pasayadi, uning o’rniga kortizol gormoni konsentratsiyasi oshib ketadi (stress gormoni). Bu esa mana shunday kritik vaqtlarda organizmni tetik ushlab turishga yordam beradi. Bunday holatda, ya’ni gormonlar almashinuvi natijasida esa uxlash jarayoni juda sekinlashadi va bezovtalik kuchayadi, ertalab uyg’onish esa odatdagidan ertaroq bo’lib, organizm uyquga to’ymagan va uyquchan holatda bo’ladi.

Bunday yo’l bilan organizm gormonal sistemasi insonga qachon unga dam olish yoki faol holatda bo’lish qulay ekanligini bildirib turadi. Bu ham bizning naqadar mukammal yaratilganimizga bir misol. Organizmning biologic soati shunday yo’sinda ishlaydi. Organizmning bunday biologic qonuninga qarshi turish juda qiyin, ayniqsa bola organizmi uchun bu haqiqiy stress. Chunki ulardagi nerv sistemasi hali to’liq rivojlanmagan. Qachonki organizm uxlashni xohlaganda bolaning faol holatda bo’lishi organizmni stressga tushiradi va buning natijasida turli hil kasalliklar kelib chiqadi, immunitet susayadi va bolaning mental qobiliyati ham salbiy ta’sir oladi.

@uyqumashguloti
5.5K viewsedited  03:14
Ochish/sharhlash
2023-02-02 05:50:48
Ertalabdan chiroyli habarlar olishni boshladik
ALHAMDULILLAH ROBBIM ONALAR HURSANDCHILIGIGA
BOLAJONLAR OROM UYQUSIGA SABABCHI QILIB QOYGANING UCHUN

Yana bizni his qilishingiz uchun mantajsiz otziv yuboryapmiz
Chiroyli qilib tayyorlangan otzivlarimiz ham navbat kutib turishibdi


@uyqumashguloti
5.0K viewsedited  02:50
Ochish/sharhlash
2023-02-01 18:36:57
Diqqaaat hurmatli obunachilarimiz

O'zbekistonda ILK BOR gorshokga o'rgatish kursimizga 1oy ichida start beramiz inshaalloh

3kunda tualet mashg'uloti tez kunda........

Tarjima ishlari yakunlanishiga oz qolganida start kunini E'lon qilamiz inshaalloh

Juda judayam ko'p onajonlar iltimosiga ko'ra ishni boshladik alhamdulillah

PROF KURSIMIZDIGI ONAJONLARGA ESA BU KURS HADYA TARIQASIDA BERILADI
2.3K viewsedited  15:36
Ochish/sharhlash
2023-02-01 09:11:49
Ertalabdan yuzimni kuldirgan xabar

@uyqumashguloti
4.0K views06:11
Ochish/sharhlash
2023-01-31 12:49:35 Bolaning uyqusi kelganini qanday aniqlash mumkin?

Bugun biz sizlar bilan uyqu belgilari haqida gaplashamiz. Chaqaloqning uyqusi qachon kelganligini bilish va uni usha vaqtda uxlashga tayyorlash uxlatish jarayonining oson bo’lishiga, uyquning esa maroqli va davomli bo’lishini ta’minlaydi.

Ko’plab ota-onalar bolaning yig’isini uyquning asosiy belgisi, deb o’ylashadi. Aslida esa bu yig’i, siz uyqu uchun eng ma’qul vaqtni o’tkazib yuborganingizni va bolaning haddan ortiq charchaganini bildiradi. Qachonki bola yig’lasa va injiqlik qila boshlasa, demak, unda kortizol gormoni miqdori oshgan, bu uxlash jarayoni ham endi bir muncha qiyin bo’ladi, degani.

Boladagi uyqu belgilarini bilish uchun bir qancha muddat uy ishlaringizni orqa planda qoldiring va farzandingizni diqqat bilan kuzating. Bolani sinchkovlik bilan kuzatganingizda, quyidagilar namoyon bo’lsa, bolaning uyqu vaqti kelgan bo’ladi :

•  Bolada faollik pasayadi va u kamroq aktiv harakatlar qila boshlaydi.
•  Harakatlar koordinatsiyasi o’zgaradi.
•  Maqsadli harakatlar qilmay qo’yadi, qarashlarida ham charchoq alomatlari seziladi.
•  Endilikda u har qanday o’yinchoq va so’zlarga avvalgidek hozirjavoblik bilan reaksiya bildirmay qo’yadi.
•  Esnay boshlaydi.
•  So’rg’ich, butilka so’raydi, yoki emizishingizni xohlaydi. Ko’tarishingizni va u bilan ko’proq birga bo’lishingizni talab qiladi.
•  Suhbatlashishga va biror o’yin o’ynashga bo’lgan qiziqishi so’nadi.
•  Yoqtirgan o’yinchog’ini yoki ko’rpasini silay boshlaydi, yoki yotib oladi.
•  Yotog’iga yotib oladi yoki atrofida aylana boshlaydi.


Agar aynan uyqu vaqti kelganida bolakay yotog’ida bo’lsa, u oson va tez uxlab qoladi.

Agar ota-onalar uyqu belgilarini vaqtida payqay olmasalar, bolakay haddan ortiq zo’riqib qoladi, injiqlik qila boshlaydi, sabr qilolmay qoladi. Bunday holatda bola uxlashi qiyin va uyuqsi ham qisqa bo’ladi. Bu stress gormonining ta’siri, albatta.

Sinchkovlik bilan farzandingizni kuzatsangiz, kundan-kunga undagi uyqu belgilarini aniqroq seza boshlaysiz hamda uxlatish jarayoni siz va farzandingiz uchun ham anchagina osonlashadi. Farzandingiz uyqusi esa foydali va maroqli jarayonga aylanadi.

@uyqumashguloti
6.1K viewsedited  09:49
Ochish/sharhlash
2023-01-30 07:40:25
Assalomu alaykum, aziz obunachilarim!

Hozirgina guruhlarga javob berish uchun "8 oylik silver tarif" guruhiga kirgan edim.
Bilasizmi, u yerda savol emas, birin - ketinlikda onajonlar otzivlari bor edi, ko'zlarimda yosh bilan otzivni o'qidim, yurakdan yurakka yetib keldi.

Sizlarga esa shu smslarni yubordim. Agar buni mantaj qilinishini kutsam, hozirgi holatimni his qila olmaysiz, degan havotirda edim

Savollarga javob berish uchun kirdingiz va mehnatlaringizning rohati bilan qarshilashdingiz Qanday baxt, qanchalik ko'p yozsam ham, bu holatni sizga ifoda etib bera olmayman, qalban his qilsangizgina, holatimni tushunasiz
6.4K views04:40
Ochish/sharhlash
2023-01-29 14:38:03 "Orom uyqu" kursida nimalar o'rgatiladi?

- 3oydan 36oy (3yosh) gacha bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan kurs.
- Har bir oy uchun alohida guruhlar mavjud.
- Farzandingiz oyiga mos uyqu sxemalari beriladi, bunda siz shu bir oy mobaynida sxema qoidalarga to'liq amal qilishingiz va farzandingizni to'liq rejimga tushirib olishingiz kerak bo'ladi.
- Uyquga qanday yotkizish o'rgatiladi.
- Uyg'onganida qanday yo'l tutish o'rgatiladi.
- Kunduzgi qisqa uyqular uzaytirish o'rgatiladi.
- Tungi uyg'onishda qanday yo'l tutish o'rgatiladi.
- Tungi oziqlanishini bosqichma bosqich kamaytirish.
- Tish chiqarayotganida kasallangan vaqtda nimalarga diqqat qilishingiz o'rgatiladi.
- Dam olishga, mehmonga borganda ham rejim buzmasdan uxlashga o'rgatiladi.
- UYQUSI ALMASHGANDA UYQUSINI NORMAGA KELTIRISH O'RGATILADI.

UNUTMANG!

BIZ SIZGA O'RGATAMIZ NATIJAGA ERISHISH ESA SIZGA BOGLIQ,
MA'LUMOTLARNI SHUNCHAKI O'QISH EMAS AMAL QILISHINGIZ KERAK.

QOIDALARGA 100FOIZ AMAL QILGANINGIZDA 3KUNDA NATIJA OLASIZ INSHAALLOH

2HAFTADA ESA BOLAJON TO'LIQ REJIMGA TUSHADI.

YANA BIR ESLATMA!

KURSNI OLGANIZDAN SO'NG SIZNING QANDAY HARAKAT QILAYOTGANINGIZNI SO'RASH UCHUN BIZ FIZICHISKIY ULGUROLMIMIZ SHUNDAY EKAN GURUHDA O'Z REJIMLARINGIZNI YOZIB TO'G'RI NOTOG'RI BAJARAYOTGANINGIZNI TEKSHIRTIRING.

Murojat uchun: @uyqu_manager

@Uyqumashguloti
6.6K viewsedited  11:38
Ochish/sharhlash