Get Mystery Box with random crypto!

Agar bolani kunduzi uxlatmasang, kechasi rosa charchab, tiniqi | Uyqumashguloti

Agar bolani kunduzi uxlatmasang, kechasi rosa charchab, tiniqib uxlaydi. Mazza qilib dam olib olasan...

Bu mif, ishoning Bir necha marotaba sinab ko'rilgan, qachonki bolakay kunduzi yetarlicha uxlasa, shundagina tungi uyqusi ham osuda o'tadi.

Bolalar organizmi tug'ilganidan to 3-4 yoshgacha kunduzgi uyquga ehtiyojmand hisoblanadi. Bola yoshiga mos ravishda ma'lum bir periodlarda bola organizmi charchashga moyil bo'ladi. Agar bola mana shu periodda yetarlicha dam olmasa, organizmi o'zining biologik funksiyalarini bajarolmay qoladi va bu bolaning psixo - emotsional holatining buzilishi bilan namoyon bo'ladi. E'tibor bergan bo'lsangiz, bola uyquga to'ymasa, uyqusi kelsa, juda injiq bo'lib qoladi. Bu organizmning signali.

Kunduzgi uyquning foydasi nimada bilasizmi?
Bu turdagi uyqu bola nerv sistemasining dam olib, to'xtovsiz kelayotgan axborotlar oqimini biroz to'xtatib, yangi axborotlarni qabul qilish uchun tanaffus beradi. Shu sababdan ham barcha mutaxassislar maktab yoshigacha bo'lgan bolalar kun tartibida "тихий час" ning bo'lishi shart ekanligini aytishadi.

Aynan kunduzgi to'yingan uyqu bolaning tungi uyqusi maroqli va ortiqcha bezovtaliklarsiz bo'lishini ta'minlaydi. Kunduzi yaxshi uxlagan bolakay tungi uyquga tezroq ketadi va uyqusi chuqur va hotirjam bo'ladi. Bu esa bolakayning yana bir kunni yaxshi kayfiyat bilan boshlashi uchun asosiy tirgak vazifasini bajaradi...

Ma'lumotlar foydali bo'layotgan bo'lsa reaksiyalarni unutmaylik

@uyqumashguloti