Get Mystery Box with random crypto!

Mashg'ulot gruppamizdagi deyarli 10 nafar Onajonlardan shunday | Uyqumashguloti

Mashg'ulot gruppamizdagi deyarli 10 nafar Onajonlardan shunday xabar oldim.

Xa, bola yig'lamasdan ham uxlay oladi. Bu onaning mahoratoga bog'liq.

Chuqurroq qilib aytadigan bo'lsam, bola psixikasiga ko'ra, uxlashidan oldin bir xil takrorlanuvchi ovozga o'rgangan bo'ladi. Bolani nimaga o'rgatish esa o'zingizga bog'liq!

Kimningdir bolasi sura eshitib uxlasa, yana birovniki biror yoqimli musiqa yoki "белый шум"ga o'rgangan bo'ladi. Albatta bular orasida onaning allasi ham alohida o'rin egallaydi.

Biz mashg'ulotimiz davomida davomida Onalarni bola yig'laydi, deb qo'rqitmaymiz, shunchaki ogoxlantiramiz. Agar sizning mahoratingiz ham yuqoridagilarniki kabi bo'lsa, siz ham bolani yig'latmasdan natijaga erisha olasiz, insha'Allah.

Bu uchun sizdan katta e'tibor kerak bo'ladi. Bola nima ko'proq xohlaydi? Qanday ovozga tinchlanadi? Va shunga o'xshash kichik detallarni bilib olsangiz, ishingiz yanada osonlashadi, va albatta, farzandingizni yig'latmay mustaqil uxlatib, orom uyquga erishasiz

@Uyqumashguloti