Get Mystery Box with random crypto!

Tebranma beshiklar kerak…mi? Uyqu qanchalik sifatli boʻlsa, | Uyqu mashgʻuloti

Tebranma beshiklar kerak…mi?

Uyqu qanchalik sifatli boʻlsa, bola shunchalik sogʻlom boʻladi. Bu ayniqsa oʻsayotgan yosh organizm uchun muhim rol oʻynaydi. Shuning uchun ota-onalar chaqalog'i uchun eng qulay yotoq qaysi ekanligi, uni qanday tanlash kerakligi haqida jiddiy o'ylashadi. Koʻplab onalar bu borada chaqaloqni tebratadigan beshik va lyulkalarni afzal koʻrishadi.

B
unday harakatlanuvchi mebellarning mavjudligi ota-onalarning hayotini ancha osonlashtiradi. Bolani qo'lingizda silkitib o'tirishning hojati boʻlmaydi. Aksincha, uni beshikka qo'yish va tebranish mexanizmini ishga tushirish yetarli boʻladi. Bu onalar uchun juda qulay. Chunki yangi tug'ilgan chaqaloqning vazni 3-4 kg gacha, 6 oylikning bolakayning vazni 8-9 kgga yetadi. Bu koʻtarib uxlatishni qiyinlashtiradi. Oʻzi shundoq ham uy ishlari bilan charchagan ona bolaga qarashga vaqt ajrata olmay qoladi. Shu payt bolani tebratadigan mebellar qoʻl keladi.

Tebranuvchi mebellarning afzalliklari:
— bir xil tebranish bolaning uyqsuni keltiradi, uzoqroq uxlashiga yordam beradi;
— beshiklar avtomatlashtirilgan boʻlib, bolani uygʻonganini aniqlaydi, va o'z-o'zidan tebrana boshlaydi;
— uzoq muddatli foydalanish imkoniyati boʻladi. Chaqaloq ulg'ayganida tebranish mexanizmini olib tashlash mumkin.

Bunday mebellarning kamchilik jihatlarini ham e’tibordan qoldirmaslik kerak:
— doimiy qimirlaydigan mebelning mavjudligi polda nuqsonlarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun bunday mebelni faqat gilam ustiga o'rnatish maqsadga muvofiq boʻladi.
— agar pol silliq boʻlsa tebranish jarayonida joyidan surilib ketishi mumkin;
— yetarlicha mustahkam boʻlmaydi. Bola katta boʻlgani sari kuchli harakatlari bilan ag'darib yuborushi mumkin;
— ayrim arzonroq modellarida harakatlanish bir xil tempda boʻlmaydi, notekis harakatlanadi;
— oddiy bolalar yotoq mebeliga narxi ancha qimmatroq boʻladi.

Bu mebelni afzallik va kamchilik jihatlarini koʻrib chiqdik. Bu bir taraflama boʻldi albatta. Endi masalaning muhim ikkinchi tarafi haqida savol — charchaganimizda asqotadigan tebranuvchi mebellar bolajonlar uchun qanchalik kerak? Tebratib uxlatishning bolalarga zarari yoʻqmi? Agar bu haqida bilishni xohlasangiz oʻz reaksiyalaringizni qoldiring.

@uyqumashguloti