Get Mystery Box with random crypto!

Bolaning uyqusi maroqli bo’lishi uchun nimalar qilish kerak? | Uyqu mashgʻuloti

Bolaning uyqusi maroqli bo’lishi uchun nimalar qilish kerak?

Uyqu bola hayotida katta ahamiyatga ega. Bolaning uyqusi maroqli bo’lishi uchun albatta bir qancha sharoitlar yaratish zarur, ayniqsa, tungi uyquda:

1. Xonani qorong’ulashtirish melatonin garmoni ishlab chiqarilishiga yordam beradi. Ayniqsa, bu tunda juda muhim. Kunduzgi uyqularda esa himoya pardasini to’sib qo’yishning o’zi kifoya, lekin tungi uyqularda xonaning qorong’u bo’lishiga ahamiyatli bo’ling. Agar bu sizga noqulaylik tug’dirsa, hira chiroqlardan foydalanishingiz mumkin.

2. Xonaning harorati ham sog’lom uyqu uchun asosiy yordamchi hisoblanadi. Bola uxlashidan avval xonani havosini almashtiring. Optimal harorat 18-22 gradus.

3. Tungi uyqu vaqtida tinchlik bo’lishi kerak. Bolakay hozir tun ekanligini va faqat uxlash kerakligini his qilin. Lekin bu kunduzgi uyquga tegishli emas. Kunduzi hayot qaynaydi, ota-onalar ham oyoq uchida yurishi shart emas. Bunday vaqtda asabga o’ynamaydigan biror sokin va yoqimli musiqadan foydalanishingiz mumkin. Musiqa kunduzgi shovqinlarni bilintirmay, bolakay uchun uyqu atmosferasini hosil qiladi.

4. Bolaning uyqu xonasida iloji boricha kamroq electron jihozlardan foydalanish kerak. Agar iloji bo’lsa, uyqu vaqtida ularni rozetkadan uzib qo’ygan ma’qul.

5. Har qanday tebratishlar va allalashlardan holi uyqu. Bolani o’zi mustaqil, hech kimning jismoniy aralashuvisiz uyquga o’rgatish muhim.

6. Uyqu bolaning o’z yotog’ida bo’lishi uning maroqli uyqusining uzluksiz bo’lishini ta’minlaydi. Agar bolakay kattalar bilan birga uxlasa, ularning biror harakati bolani uyg’otib yuborishi mumkin.

7. Uyqu uchun qulay kiyim – yumshoq pijama. Bolani uyqu vaqtida juda issiq ham, yupqa ham kiyintirmang. Yengil va yumshoq pijama to’g’ri yechim.

8. 1 yoshgacha bo’lgan bolakaylarga ko’rpa va yostiq umuman kerakmas. Ayniqsa, ko’rpa bola hayoti uchun havf tug’dirishi mumkin. Bolakay o'zi bilmagan holda ko'rpani ustiga yopib qo'yishi va natijada, nafas ololmay qolishi mumkin.

9. Uyqudan oldin bo’shashtiruvchi massaj qilishni unutmang. Har kungi takrorlanuvchi massaj bolakay uchun uyqu vaqtini kelganini bildiruvchi signal vazifasini bajaradi.

Bola uyqusi to'g'ri tashkillansa, bu uning to'g'ri o'sishi va rivojlanishi juda katta rol o'ynaydi.

Ma'lumotlar foydali bo'lgan bo'lsa reaksiya bildirishni unutmang!
Siz uchun yanada kerakli postlar yuborishda davom etamiz

@uyqumashguloti