Get Mystery Box with random crypto!

​​ S – science - tabiiy fanlar T – technology -  texnologiya | Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL

​​ S – science - tabiiy fanlar
T – technology -  texnologiya
E – engineering – muhandislik
A – art  - san’at
M – mathematics – matematika

                                                                                    Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyasining nazariyasi va amaliyoti - maktabgacha yoshdagi bolalarga har tomonlama ham ijodiy, ham texnik bilim berishning maqsadi, maktabgacha yoshda bolaning imkoniyatlaridan kelib chiqib, ularda texnik ijodkorlikni tarbiyalashning roli, bola shaxsining shakllanishida ijodiy muhitning ahamiyatiga asoslanadi.

Hozirgi kunda bu innovasion texnologiyaning STEM, STEAM, STREAM shakllari butun dunyoda xususan rivojlangan mamlakatlarning milliy ta’lim dasturlariga kiritilmoqda.AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Rossiya, Izroil, Singapur, Xitoy, Avstraliya maktablariga STEAM va STREAM texnologiyasi bosqichma – bosqich o‘qish tizimiga kiritilmoqda.

2012-yildan boshlab STEAM texnologiyasini maktabgacha ta’lim tizimiga tadbiq etish masalasi bilan ko‘plab rivojlangan davlatlar mutaxassislari shug‘ullanishmoqda.  

    STEAM texnologiyasi asosida ta’lim berish kundan kunga asosiy global tendentsiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda va faoliyatlarda fanlararo, amaliy yondashuvni qo‘llashga, shuningdek,  texnologiya va tabiiy fanlarni yagona ta’lim yo‘nalishiga birlashtirishga asoslangan

Bu kabi zamonaviy ta’lim texnologiyasi uchun esa, zarur shart  - shatoitlar ya’ni STEAM texnologiyasida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etish (STEAM laboratoriyasi misolida), STEAM ta’limining uzluksizligini ta’minlash, maktabgacha yoshdagi bolalarni modularda qobiliyatini inobatga olgan holda guruhlarga bo‘lish, amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish,  bolalarning amaliy faoliyat jarayonida esa, mustaqil tarzda tajribalar asosida o‘z g‘oyalarini to‘plashlari va o‘zaro fikr almashishlari talab etiladi.


https://t.me/ustozlar_uchun