Get Mystery Box with random crypto!

​​ “Oʻqituvchilarga taʼtil pulidagi farq toʻlab beriladi” — ma | Xalq ta'limi xodimlari | RASMIY KANAL

​​ “Oʻqituvchilarga taʼtil pulidagi farq toʻlab beriladi” — masʼullar

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi boshqarma boshligʻi Laziz Qarshiyevning Kun.uz soʻroviga javoban maʼlum qilishicha, taʼtil davomiyligini 48 kalendar kuni (41 ish kuni) deb hisoblash noqonuniy hisoblanadi.

Kim shunaqa qilayotgan boʻlsa, qonunbuzilish hisoblanadi. Agar shunday holatlar kuzatilsa, tumanlardagi vazirlikning bandlik boʻlimlariga murojaat qilishsa, kam taʼtil puli toʻlanayotganlarga 7 kun farqi, albatta, toʻlab beriladi”, – dedi u.

Qarshiyev oʻqituvchilarning taʼtil davomiyligi borasida normativ hujjat loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilganini aytdi.

Ammo bu hujjat hali qabul qilinmadi degani oʻqituvchilarga 41 ish kuniga taʼtil belgilanishi kerak deganimas. Chunki mehnat shartnomalari oʻz kuchida, shartnoma 48 ish kuni deb berilgan, demak yakshanbalarni ham qoʻshib 56 kalendar kuni deb belgilab berishi kerak”, – dedi u.

Vazirlik masʼuliga koʻra, bunday holat hamma hududda ham kuzatilmayapti. “Qonunlarni tushunmagan adliya boʻlimlari tomonidan bunday xatoga yoʻl qoʻyilayotgan boʻlishi mumkin”, – dedi Qarshiyev.

Maktab va maktabgacha taʼlim vazirligi masʼullarining Kun.uzʻga maʼlum qilishicha, Adliya vazirligi hududiy yuridik xizmat koʻrsatish markazlariga Vazirlar Mahkamasi qarori chiqquncha, eski Mehnat kodeksi boʻyicha taʼtil davomiyligi belgilanishi borasida xulosa berishni tavsiya qilgan. Vazirlar Mahkamasi qarori chiqqanidan keyin, taʼtil 56 kalendar kuni deb hisoblanadimi yoki 48 kalendar kunimi – oʻrtadagi farq toʻlab berilishi aytilmoqda.


https://t.me/ustozlar_uchun