2023-03-07 11:29:24
,,Bolalik"
Ox, bolalik beg'uborligim,
Qayda qolding beozorligim.
Ko'rsatmadin menga sadoqat,
Jondan o'tdi bevafoliging.
Orzularim ushalsa qara,
Senga jon deb qaytardim yana.
Tashvishimni aritgin bir zum,
Bolalikka qaytayin yana.
Bilmas edim dunyo g'amlarin,
Ozorlarin, kentik kamalarin.
Yetib bo'lmas orzumisan sen,
Sog'indimku yoshlik damlarin.
Beraqolgin bir bora imkon,
Ko'pga emas bir muddat bir on.
Senga qaytay armonim bitsin,
Uzulmasdan omonat bu jon.
O'ynay deyman o'yinchoqlarim,
Baxt ulashgan ovunchoqlarim.
Qara axir xuvullab qoldi,
Eski tokda ip arg'imchoqlarim.
Quvalashib loy ko'chada,
Izim qoldi tor ko'chada.
Senla tushgan ilk suratim,
Dilim o'yib turar tokchada.
Ox, bolalik beg'uborligim,
Qaytib kelmas bavafoligim.
Bildim menga qilibsan vafo,
Farzandimda kulgan yoshligim.
САВОБ УМИДИДА ДЎСТЛАРИНГИЗГА УЛАШИНГ!!! АЛЛОҲ РОЗИ БЎЛСИН!!!
Эҳсоннинг мукофоти, фақат эҳсондир. (Роҳман - 60)
Бошқаларга ҳам еҳсон қилиб канални улашинг, Аллоҳ ҳам эвазига сизга фақатгина эҳсон қилади ИНШААЛЛОҲ
anba ➤ @Ustoz_Solixon_Domlaa
« СОЛИХОН ДОМЛА РАСМИЙ »
КАНАЛГА УЛАНИШ УЧУН БОСИНГ!
https://t.me/joinchat/AAAAAFDhXwkGtuRbfMwoRw
211 views08:29