Get Mystery Box with random crypto!

✅USSD_MOBILE_HELPER✅|RASMIY|

Telegram kanalining logotibi ussd_mobile_helper — ✅USSD_MOBILE_HELPER✅|RASMIY| U
Telegram kanalining logotibi ussd_mobile_helper — ✅USSD_MOBILE_HELPER✅|RASMIY|
Kanal manzili: @ussd_mobile_helper
Toifalar: Savdo
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 20
Kanalning ta’rifi

KANALIMIZGA HUSH KELIBSIZ!!!
🔖 Yangiliklar haqida ma’lumotlar ✅
🗞Xizmatlarni USSD kodlari ✅
🗃 Tariflar haqida ma’lumotlar ✅
🗂 Internet Paket (MB) USSD ko’dlari 🌐
Barchasi bizning kanalda!!!

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-02-18 10:44:06
Bugun Toshkent moliya institutida talabalar va magistrantlar – 2020–2021 o'quv yili bitiruvchilari uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirning maqsadi – o‘qishni muvaffaqiyatli tugatgandan so'ng bitiruvchilarga ish topishda ko‘mak berish, iqtisodiyotning turli sohalari uchun professional kadrlar bazasini shakllantirish.

Mobiuz mobil aloqa operatori ushbu tadbirda moliyaviy boshqaruv, buxgalteriya hisobi, sotish va xizmat ko'rsatish sohalarida, shuningdek boshqa yo‘nalishlarda bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashmoqda. Mobiuz faol rivojlanayotgan telekommunikatsiya kompaniyalaridan biri va istiqbolli ish beruvchisi sifatida yarmarkaga tashrif buyuruvchilarning e'tiborini tortmoqda.

Siz ham kompaniyamizda ishlashni xohlaysizmi? company.mobi.uz web-saytimizdagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishing.

#mobiuz #foydali
244 views07:44
Ochish/sharhlash
2021-02-17 07:41:33
Bugun Butunjahon mehribonlik kuni – barcha odamlar ezgu ishlarni amalga oshirish va bir-birlariga e'tibor ko'rsatishga chorlaydigan ramziy xalqaro bayramdir.

Shu kuni har birimiz oz bo‘lsada rahmdil bo‘lishimiz, muhtojlarga yordam berishimiz kerak. Zero, qalbdan samimiy chiqqan mehr unutilmas zavq bag‘ishlaydi va doimo qaytib keladi. Keling, ushbu kundan dunyoni yanada yaxshiroq qilish uchun foydalanaylik

#mobiuz
207 views04:41
Ochish/sharhlash
2021-02-16 15:43:13
Bugun Mobiuz Toshkent shahri uchun to‘rtta yangi prefiks ochdi!

(+998) 88 160 va 166;
(+998) 97 160 va 166.

Eslatib o'tamiz, kompaniyaga qarashli ofislar poytaxtning bir qator yirik savdo-ko‘ngilochar markazlari – Samarqand Darvoza, Riviera, Compass, Megaplanet’da* joylashgan.

Bizning yonimizga yangi xonalar uchun tushishni va shu bilan birga maroqli dam olishni unutmang!

*Megaplanet’da 16-17 fevral – tozalash kunlari.

#mobiuz #prefikslari
203 views12:43
Ochish/sharhlash
2021-02-16 10:54:47 Mobil texnologiyalar yangiliklari (16.02)

Dunyo bo‘ylab Bitcoin ishlab chiqaruvchi ferma va tarmoqlar yiliga 124 TVt/s (teravatt-soat) elektr energiyasini iste'mol qilmoqda. Bu Gollandiyada yoki BAAda elektrni iste'mol qilishdan ko‘proqdir.

ABI Research: Iste'molchilar uchun robototexnika bozori 2020-yilda keskin o‘sib, 10,4 milliard dollarga yetdi.

Apple Watch eng mashhur aqlli soatlar brendi sifatida tan olindi. Hammasi bo‘lib 100 milliondan ortiq Apple Watch qurilmalari sotilgan.

OnwardMobility BlackBerry brendi ostida jismoniy QWERTY klaviaturasiga ega yangi 5G smartfonni chiqaradi.

OAV: Facebook o'zining birinchi aqlli soati ustida ishlamoqda.

#mobiltexnologiyalar
191 views07:54
Ochish/sharhlash
2021-02-15 14:04:37
Mobiuz Qashqadaryo viloyati uchun yangi (+998) 88 674 va (+998) 97 674 prefikslarini ishga tushirdi.

Chiroyli raqamlarga katta chegirmalarga ega bo‘lish uchun Mobi 20, 40, 50, 70, 90, 110, 150, Gap Yo'q yoki Gap Yo'q Pro tarif rejalarini tanlang!

Batafsil ma'lumot bu yerda: https://mobi.uz/uz/discounts/discounts/21652/.

#mobiuz #prefikslar
187 viewsedited  11:04
Ochish/sharhlash
2021-02-11 12:07:20
Bugungi infografikamizda MDH hududida mobil iqtisodiyot va texnologiyalarni rivojlanish istiqbollari haqida so‘z boradi. Ma'lumotlar GSMA Intelligence platformasi asosida tayyorlandi.

#mobiuz #infografika
78 views09:07
Ochish/sharhlash
2021-02-09 16:04:43
Mobil texnologiyalar yangiliklari (09.02)

Samsung Galaxy F62 smartfoni 7000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi.

Nubia Red Magic 6 o‘yin smartfoni yangi yuqori tezlikda ishlaydigan ventilyatorga va o‘ziga xos sovutish tizimiga ega bo‘ladi.

Raqamli valyuta tizimi qanday ishlashini sinab ko‘rish uchun Xitoy Markaziy banki 50 000 ta ko‘ngilliga 200 raqamli yuandan tarqatadi.

Photo Owl Time Lapse Youtube kanali Samsung Galaxy S21’ni suv ostiga joylashtirib, uning ishlashini 11 kundan beri online efirga uzatmoqda:



#mobiltexnologiyalar
106 views13:04
Ochish/sharhlash
2021-02-09 07:58:57
Bugun buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkiri, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy (1441-1501) tavalludining 580 yilligi.

Ushbu bayramda A.Navoiyning bir qator hikmatlarini eslab o‘tmoqchimiz:

Chin so‘z moʻtabar, yaxshi so‘z muxtasar.

Har kimsaki aylamas oshuqmoqni xayol,
Yofroqni ifaq qilur, chechak bargini bol.

Qil yaxshiligu demakni doxil qilma,
Minnat bilan yaxshilikni botil qilma.

Sizga Alisher Navoiy yoki Zahiriddin Muhammad Bobur asarlaridan qanday iqtiboslar yoki parchalar yoqadi?

#mobiuz
103 views04:58
Ochish/sharhlash
2021-01-28 15:49:14
Mobiuz’ning chiroyli raqamlarini qulay narxlarda ulashni istaganlar uchun ajoyib yangilik!

Birinchidan, biz chiroyli raqamlar uchun chegirmalarni 31-mart yakunigacha uzaytirdik!

Ikkinchidan, endi chegirmalar nafaqat Steel Light, Steel, Bronze, balki Silver Light, Silver, Gold va Super Gold toifalari uchun ham amal qiladi!

Uchinchidan, raqamlarni arzonlashtirilgan narxlarda ulash mumkin bo‘lgan tarif rejalari soni kengaytirildi.

Batafsil ma'lumot: https://mobi.uz/uz/discounts/discounts/21652/.

#mobiuz #aksiya
276 viewsedited  12:49
Ochish/sharhlash
2021-01-28 15:48:50
Bugun Shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish xalqaro kuni.

Mehribon mobil aloqa operatori sifatida ba'zi oddiy maslahatlarni siz bilan baham ko‘ramiz:

mobil telefon raqamlarini uchinchi shaxslarning nomiga emas, faqat o‘zingizning nomingizga ulang;
Internetga mobil telefon, plastik kartalar raqamlarini va boshqa shaxsiy ma'lumotlarni ochiq oydin joylashtirmang;
akkauntlar, plastik kartalar va boshqa har qanday xizmatlarda murakkab va takrorlanmaydigan parollardan foydalaning.

Yodda tuting: shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish ko‘p jihatdan foydalanuvchilarning o‘ziga bog‘liq.

#mobiuz
187 viewsedited  12:48
Ochish/sharhlash