Get Mystery Box with random crypto!

Bugun Toshkent moliya institutida talabalar va magistrantlar – | ✅USSD_MOBILE_HELPER✅|RASMIY|

Bugun Toshkent moliya institutida talabalar va magistrantlar – 2020–2021 o'quv yili bitiruvchilari uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirning maqsadi – o‘qishni muvaffaqiyatli tugatgandan so'ng bitiruvchilarga ish topishda ko‘mak berish, iqtisodiyotning turli sohalari uchun professional kadrlar bazasini shakllantirish.

Mobiuz mobil aloqa operatori ushbu tadbirda moliyaviy boshqaruv, buxgalteriya hisobi, sotish va xizmat ko'rsatish sohalarida, shuningdek boshqa yo‘nalishlarda bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashmoqda. Mobiuz faol rivojlanayotgan telekommunikatsiya kompaniyalaridan biri va istiqbolli ish beruvchisi sifatida yarmarkaga tashrif buyuruvchilarning e'tiborini tortmoqda.

Siz ham kompaniyamizda ishlashni xohlaysizmi? company.mobi.uz web-saytimizdagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishing.

#mobiuz #foydali