Get Mystery Box with random crypto!

Maslo bolg'asi Sizdayam shunaqa holat bo'lganmi, biror yangi | Usmonxon Mavlonov || Blog

Maslo bolg'asi

Sizdayam shunaqa holat bo'lganmi, biror yangi narsa yoki dasturni o'rganasiz-da, uni hamma yerda ishlatishni xohlab qolasiz.

Misol uchun Notion'ni o'rgangan bo'lsangiz, hamma narsangizni unda yuritgingiz keladi. Yana bir tanishim excel'ni o'rtachadan yaxhsiroq biladi va butun jamoasini excel'da boshqarishga harakat qiladi.
Garchi u biladigan dastur u hal qilmoqchi bo'lgan vazifaga juda mos bo'lmasa ham.

Maslo bolg'asi xuddi shu holatni yaxshi ta'riflaydi:
Odamlar o'zi bilgan termin yoki instrumentga keragidan ko'p ishonib yuboradi va uni mos bo'lmagan vaziyatlarda ham ishlatishga harakat qiladi. Ya'ni odamda faqat bolg'a bo'lsa, u yo'lida ko'rgan hamma narsaga mixdek munosabat qiladi. Balki u oddiy mix emas, burama mix ekaniga qarab o'tirmaydi.

O'zingizda shunday holat bo'layotganini sezsangiz, bu ishdan maqsad nimaligi va aslida qanday bo'lishi kerakligi haqida 0 dan o'ylab ko'ring va kerakli instrumentni tanlang.