Get Mystery Box with random crypto!

Useful ones

Telegram kanalining logotibi usefulones — Useful ones U
Telegram kanalining logotibi usefulones — Useful ones
Kanal manzili: @usefulones
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-02-19 18:56:08
Бир латифада “Они-и-и мусульманы” дермиди…

@Xayrulla_Hamidov_adabiyot
1 view15:56
Ochish/sharhlash
2023-02-15 18:00:27 Абу Сулаймон Дороний айтадилар:
Агар менга Фирдавс жаннатига кириш билан икки ракат намоз ўқиш ўртасида танлаш ихтиёри берилса, икки ракатни танлаган бўлардим. Чунки икки ракатда Роббимнинг ҳаққи бўлса, Фирдавсда нафсимнинг насибаси бордир.

@MubashshirAhmad
1 view15:00
Ochish/sharhlash
2023-02-12 10:31:53
Орқангни таяб турадиган инсонинг бўлмаслиги мумкин аммо, ҳар доим саждага бориб паноҳланадиган Роббинг бор.
1 view07:31
Ochish/sharhlash
2023-02-04 08:22:54 #qattiqeslatma

Go'yo shaytonning chaqiruviga javob berib, gunohga intilayotganingizni his qilsangiz, shunchaki tanangiz qaynoq suvning taftini his qilishiga izn berib koʻring.
Qoʻlingizni qaynoq suvning ostida bir daqiqa ham ushlab turolmaysizku, nega bir onlik lazzatning evaziga shu azoblarga rozi boʻlasiz?
Bu dunyoning olovlarini suv bilan oʻchirsa, yarangizga malham surtsa boʻlar, ammo jahannam olovi abadiy, oʻlim yoʻq, azob, azob, azob.. Allohning rahmati bilangina omon qolishimiz mumkin.
Tayinli amal qilmay, farzlarni bajarmay, gunohga botib, zino, ichkilik, qimor, har xil moddalarni chekishlik bilan Allohning rahmatidan umid qilish mantiqqa toʻgʻri keladimi?
Tafakkur qiling!
Ongingizga har bir gunohning ortida jahannam olovi turishini singdiring axir, yosh bola emassizku!
İnson bila-bila qanday qilib, oʻzini barbod qilishi mumkin?

«Ish bitib boʻlganda shayton: “Albatta, Alloh sizga haq vaʼdani qilgan edi.
Men esa, sizga vaʼda berdim-u, vaʼdamga xilof qildim.
Mening ustingizdan hech qanday hukmronligim yoʻq edi.
Faqat daʼvat qilsam, oʻzingiz menga ijobat qildingiz.
Bas, meni malomat qilmang, oʻzingizni malomat qiling.
Men sizlarni qutqaruvchi emasman, sizlar ham meni qutqaruvchi emassizlar.
Endi, men, albatta, ilgari meni sherik qilganingizni inkor qilaman.
Albatta, zolimlarga, ha, ularga alamli azob bor”, dedi.»


[Ibrohim surasi, 22-oyat]
2 views05:22
Ochish/sharhlash
2023-01-24 14:40:49 Turmush qurgach, juftingiz bilan shu 7 ta oltin qoidaga kelishib oling.
Va bu qoidalarni hech qachon buzmaslikka ahdlashing.

1.Uyingizda uch narsani ta'qiqlang.
G'iybatni
Bahslashishni
Araz va ginani


2.Uyingizda uch narsaga meʼyor belgilang.
Telefonga
İnternetga
Televizorga

3.Uyingizda uch narsani davomli qiling.
Qurʼon tilovatini
İlmiy suhbatni
Jamoat boʻlib namoz oʻqishni


4.Uyingizda uch narsani koʻpaytiring.
Duoni
Zikrni
Tavbani


5.Uyingizda uch narsani kamaytiring.
Koʻp yeyishni
Koʻp uxlashni
Koʻp gapirishni


6.Uyingizda uch narsaga be eʼtibor boʻlmang
Uzur soʻrashga
Hurmat qilishga
Tashakkur bildirishga


7.Uyingizga uch narsani kirgizmang.
Foiz
Harom rizq
Birovning haqqi


Alloh, jumlamizning oilamizga, asri saodat oilalaridagi huzur va baxtni nasib etsin.
3 views11:40
Ochish/sharhlash
2023-01-09 15:37:53 Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам айтганидек “Кўп еб-ичиш билан қалбларингизни ўлдирманг, албатта, экинлар кўп сувдан нобуд бўлгани каби, қалб ҳам ҳалок бўлади”.
1 view12:37
Ochish/sharhlash
2022-12-25 11:04:22 ОНAНИ

Ўнгингизда омад сира кулмаса,
Тушингизда излаб юринг Онани,
Чин ўғилман,десангиз,ҳеч бўлмаса
Бир кунда бир эслаб туринг Онани!

Сиз йўқсиз,байрамларни кутмаган у,
Aламдан бошқа таъмни ютмаган у,
Сизни бирон лаҳза унутмаган у,
Бир кунда бир эслаб туринг Онани!

Дунё учун не савдога кирдим,деб,
Кимларнинг ортидан зор югурдим,деб,
Хизматидан нега юз ўгирдим,деб,
Бир кунда бир эслаб туринг Онани!

Эслаганда кўзингизга ёш келсин,
Дард туфайли қўйнингизга тош келсин,
Пойига тенг бўлиб ётар бош келсин,
Бир кунда бир эслаб туринг Онани!

Етгайсиз ўшанда тилаганингизга,
Жонингиздан-да кўп керагингизга,
Шифо бўлар аниқ юрагингизга-
Бир кунда бир эслаб туринг ОНAНИ!

Хайрулла Ҳамидов
4 views08:04
Ochish/sharhlash