Get Mystery Box with random crypto!

#hadis KIM SHUBHALI NARSALARDAN SAQLANSA, O'Z DINI VA SHA'NINI | UPLIFT

#hadis
KIM SHUBHALI NARSALARDAN SAQLANSA, O'Z DINI VA SHA'NINI SAQLAGAN BO'LADI

No’mon ibn Bashir (r.a) rivoyat qiladilar:
«Rasululloh salollohu alayhi vasallam marhamat qildilar: “Halol ham, harom ham ochiq oydin. Ammo bulardan tashqari, ko’pchilik bilmaydigan shubhali narsalar ham bor. Halol va haromning orasida. Kim shubhali narsalardan saqlansa, o’z dini va sha’nini saqlagan bo’ladi. Kim shubhali ishlarni qilsa, haromga yaqinlashadi. (Go’yoki, bir ekinzorning atrofida mol boqqan odam, o’sha ekinzorga tushib ketish xavfida doim bo’ladi). Har bir podshohning o’z chegarasi bo‘ladi. Allohning chegarasi harom qilingan ishlardir. Ogoh bo’linglar! Odam tanasida bir parcha et bor. Agar u tuzalsa, butun a’zolar sog’lom bo’ladi. Agar o’sha bir parcha et buzuq, fosiq bo’lsa, butun a’zolar buziladi. U bir parcha et – qalbdir».
– Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati

@upliftuz

Instagram | Telegram | Website