Get Mystery Box with random crypto!

KRIPTOVALYUTA SAVDOSI HALOLMI? (4-qism) Islom moliyasi va kor | UPLIFT

KRIPTOVALYUTA SAVDOSI HALOLMI?
(4-qism)

Islom moliyasi va korporativ moliyada ko'p yillik tajribaga ega, AAOIFI kengashi a'zosi, ustoz Hondamir Nusratxo'jayevning kriptovalyuta haqida berilgan savolga javoblari.

Quyidagi videoda batafsil bilib olishingiz mumkin. Video havolasi:




Savol: ... G'arardan kelib chiqqan holatda xulosa qilish mumkinki, hozir shunchalik noaniqlik bo'lgani uchun, kriptovalyutaning oldi-sotdisi islom moliyasiga ko'ra joiz emas deb ulamolar hukm chiqarishgan deb xulosa qilishimiz mumkinmi?

Ustoz Hondamir Nusratxo'jayev quyidagi sabablarni aytib o'tganlar:
1. Ayirboshlash vositasi emas.
2. Siz kim bilan muamalat qilayotganingizni bilmaysiz.
3. Spekulyatsiya uchun ishlatilmoqda, ya'ni puldan pul qilish. Asosiy maqsad puldan pul qilish. Har bir istalgan ulamodan so'rasangiz (moliyani tushunadigan), spekulyatsiya bilan qimor tengma-teng yuradi. Spekulyatsiyani oxiri qimor (maysir)ga taqaladi.
4. Bu pullar yo'q joydan yaratilmoqda va keyin ularga haqiqiy boylik sotib olinmoqda. Bundan farqli ravishda, dollar kabi pullar (so'm, rubl) real iqtisodiy mexanizm asosida ishlaydi.

@upliftuz

Instagram | Telegram | Website