Get Mystery Box with random crypto!

H

Telegram kanalining logotibi universal_testlar — H H
Telegram kanalining logotibi universal_testlar — H
Kanal manzili: @universal_testlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1
Kanalning ta’rifi

Siz 🏛 SHOHJAHON EDUCATION 🏛 KANALIDA
📃Ma'ruza matnlari
📘Testlar
🎧 Audio darslar | yozma dars
🎥 video darslar | Audio darslar
🔥Adabiyot vaqti | Adiblar
🗽Iqtibos vaqti | Adabiyot
💢TAKLIF VA MULOHAZALAR UCHUN:
@Shohanshoh_blogger

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-02-13 12:02:10 21.Rabg‘uziyning asl ismini toping.
A) Rabg‘uziy B) Burhoniddin
C) Nosiruddin D) Shamsiddin
81 views09:02
Ochish/sharhlash
2021-02-13 12:02:07 20«Qutadg‘u bilig» asari qahramoni O‘gdulmish kim va nimaning ramzi?
A) elig – adolat ramzi
B) elig – davlat ramzi
C) vazirning o‘g‘li – aql ramzi
D) vazirning uzoq qarindoshi – qanoat (ofiyat) ramzi
81 views09:02
Ochish/sharhlash
2021-02-13 12:02:03 19.«Qutadg‘u bilig» asarida qaysi donishmand yigit eligning ovozalarini
eshitib, elig huzuriga xizmat uchun keladi va ular birgalikda mamlakatni
boshqarib, budun – xalqni idora qila boshlashadi?
A) O‘gdulmish B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi D) O‘zg‘urmish
79 views09:02
Ochish/sharhlash
2021-02-13 12:01:58 18.«Qutadg‘u bilig» asarida O‘zg‘urmish eligdan nechta hojatini ravo qilishini
so‘raydi va ular qaysilar?
A) 3 ta: dard-u kasalsiz hayot, nuqsonsiz tiriklik, qariliksiz yigitlik
B) 4 ta: kambag‘allik ko‘rmaydigan boylik, nihoyasiz ilm, qariliksiz yigitlik,
dard-u kasalsiz hayot
C) 3 ta: nihoyasiz ilm, nuqsonsiz tiriklik, kambag‘allik ko‘rmaydigan boylik
D) 4 ta: nuqsonsiz tiriklik, qariliksiz yigitlik, dard-u kasalsiz hayot,
kambag‘allik ko‘rmaydigan boylik
79 views09:01
Ochish/sharhlash
2021-02-13 12:01:54 17.«Qutadg‘u bilig» asarida eligga qaysi qahramon: «Mening barcha
qilmishlarim jafo, menga ishonma... Oqar suv, ravon til, baxt-davlat bir yerda
turmaydi», – deydi?
A) O‘gdulmish B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi D) O‘zg‘urmish
78 views09:01
Ochish/sharhlash
2021-02-13 12:01:50 16.«Qutadg‘u bilig» asaridan olingan quyidagi parcha kim tomonidan kimga
qarata aytilgan?
To‘p (koptok) (bir barqaror) o‘rinsiz dumalab yurgani kabi,
Men ham uning kabi (o‘rinsiz) kezaman.
Iltifot bilan boqqaningda ko‘zimni yumganim (sababi),
Senga o‘zimning qandayligimni ko‘rsatmoqchi edim.
Bu kunlarda men ham bir ko‘r kishi kabiman,
Kim menga ilashib qolsa, unga qattiq yopishib olaman.
A) elig tomonidan O‘gdulmishga qarata
B) Oyto‘ldi tomonidan eligga qarata
C) elig tomonidan Oyto‘ldiga qarata
D) Oyto‘ldi tomonidan O‘gdulmishga qarata
79 views09:01
Ochish/sharhlash
2021-02-13 12:01:47 15.Yusuf Xos Hojib qachon: «...(qora) quzg‘un tusiteg boshim (sochlarim)
qug‘u (oqqush) bo‘ldi», – deb yozadi?
A) «Qutadg‘u bilig» dostonini yoza boshlaganida
B) «Qutadg‘u bilig» dostonini yozib tugallaganida
C) Qashqardan Bolosog‘unga ko‘chganida
D) Qashqardan Yorkentga ko‘chganida
77 views09:01
Ochish/sharhlash
2021-02-13 12:01:43 14.«Qutadg‘u bilig» dostonida Yusuf Xos Hojib o‘zi tug‘ilgan joyni nima deb
ko‘rsatgan?
A) Yettisuv B) Bolosog‘un
C) Quz O‘rdu D) Toqmoq
77 views09:01
Ochish/sharhlash
2021-02-13 12:01:39 13.Marsiya nima?
A) Biror kishining vafoti munosabati bilan g‘am-alam, hasrat va qayg‘uni
ifodalagan lirik she’r yoki nasriy asar.
B) Biror kishining vafoti munosabati bilan g‘am-alam, hasrat va qayg‘uni
ifodalagan dramatik asar.
C) Biror kishining vafoti munosabati bilan g‘am-alam, hasrat va qayg‘uni
ifodalagan lirik she’r yoki qo‘shiq.
D) Biror kishining vafoti munosabati bilan g‘am-alam, hasrat va qayg‘uni
ifodalagan hikoya yoki qissa.
76 views09:01
Ochish/sharhlash
2021-02-13 12:01:35 12.«Devon»da keltirilgan «Erdi ashin taturg‘an» she’rida kimning boshqa
kishilar bilan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan xislatlari ta’kidlanadi?
A) jasur qabila boshlig‘ining B) oshiqning
C) marhumning D) ma’shuqaning
78 views09:01
Ochish/sharhlash